BBC navigation

BBC mehmoni - taniqli jurnalist Muhammadjon Obidov

Сўнгги янгиланиш 3 декабр 2012 - 14:38 GMT

Muhammadjon Obidov O‘zbekiston davlat televideniyesining eng faol jurnalistlaridan biri sifatida tanilgan

BBCUzbek.com o‘quvchilarining savollariga taniqli o‘zbek jurnalisti Muhammadjon Obidov javob beradi.

Muhammadjon Obidov 1951 yilda Marg‘ilon shahrida tavallud topgan.

O‘zbekiston parlamentining sobiq deputati, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist.

Uning o‘zi tarjimai holini mana bunday bayon qiladi:

"Otam Obidov Dolimjon Oxunboboyev tumanidagi Frunze nomli kolxozda tabelchi, hisobchi bo‘lib, keyinchalik, 1956 yildan so‘ng savdo tizimida to 1986 yilda olamdan o‘tgunga qadar ishlaganlar.

Onam Obidova Salimaxon uy bekasi edi, 2007 yilda vafot etganlar.

Men oiladagi o‘n farzandning to‘ng‘ichiman. Beshta singlim, to‘rtta ukam bor.

Oilaliman. Turmush o‘rtog‘im Obidova Fotimaxon Marg‘ilonda tug‘ilgan, ma‘lumoti bo‘yicha xuquqshunos, ilgari ixtisosligi bo‘yicha ishlagan, hozir uy bekasi.

To‘rt farzandim bor. Qizim Nozimaxon Marg‘ilon pedagogika kollejida iqtisod fani o‘qituvchisi.

O‘g‘illarim Behzod va Elbek bank sohasida ishlashadi. Kichik o‘g‘lim Dolimjon Farg‘ona Politexnika institutining bitiruvchi talabasi.

1958-1968 yillarda Marg‘ilondagi 14-maktabda, 1968-1973 yillarda Toshkent Davlat Universitetining jurnalistika fakulьtetida o‘qidim.

1972 yildan boshlab, xali talabalik chog‘imdayoq Toshkent televideniyesining "Yoshlik" studiyasida muharrir bo‘lib ishladim. Keyinchalik "Yosh Leninchi", "Sovet O‘zbekistoni" gazetalari, "O‘qituvchi" nashriyotida muxbir, muharrirlik qildim.

1990 yildan yana televideniyega qaytdim va u yerda 2005 yilga qadar "Axborot" direktsiyasining maxsus muxbiri lavozimida ishladim.

2005 yildan hozirgacha O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi Farg‘ona viloyat bo‘limi raisi, 2008 yildan o‘rindoshlikda “O‘zbekiston ovozi” gazetasining Farg‘ona viloyati bo‘yicha muxbiri vazifasini bajarib kelyapman.

"O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist" unvoniga egaman. 2000-2004 yillarda O‘zbekiston Oliy Majlisi, 2005-2009 yillarda Xalq deputatlari Farg‘ona viloyat kengashi deputatligiga saylanganman.

"Farg‘ona jurnalistikasi", "Farg‘ona: istiqloldan istiqbolga" kitoblari muallifiman.

Muqaddam sudlanganman. 1975 yilda O‘zbekiston SSR Jinoyat Kodeksining 15-175 moddasi bilan (olib-sotarlikka harakat qilgani uchun) 2 yilga ozodlikdan mahrum etilganman.

Nasib qo‘shib, kasbim tufayli o‘ttizdan ziyod davlatda xizmat safarida bo‘ldim, mamlakatimiz mustaqilligi tarixi bilan bog‘liq eng muhim voqealarni (Mingbuloq neft favvorasi, Namangan viloyat kengashi binosini Tohir Yo‘ldosh, Juma Namangoniylar tomonidan egallab olinishi, Afg‘onistonga NATO kuchlari kiritilishi, Botken, Sariosiyo voqealari, Haj safarlari, buyuk bunyodkorlik qurilishlari va h.k.) televideniye orqali yoritishda ishtirok etdim.

Taqdirimdan mamnunman.

Bori shu..."

BBC mehmoniga savollaringizni sahifamiz pastidagi forma orqali yo‘llang.

Suhbatni shanba kungi "Daraklar" dasturida tinglay olasiz, uning to‘liq matni bilan ushbu sahifada tanishishingiz mumkin.

Elektron pochtamiz manzili: uzbek@bbc.co.uk

---------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing. Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

Fikr va mulohazalarni BBCning tahririy mezonlari bilan ko‘rib chiqqandan keyin e‘lon qilishimiz mumkin.


* to'ldirish shart bo'lgan qator

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.