BBC navigation

Yosh dog‘istonlik xalqaro qorilar tanlovida hammani ortda qoldirdi

Сўнгги янгиланиш 4 декабр 2012 - 11:51 GMT

Bu gal Bahraynda bo‘lib o‘tgan tanlovda 14 yoshli Bilol Abdulxoliqov "Qur‘oni Karim" tilovati bo‘yicha 43 ishtirokchi orasidan eng zo‘ri, deb topilgan.

Bilol ikki sharafli haram xodimi, Saudiya Arabistoni podshohi Abdulla bin Abdulaziz rahnamoligi ostida o‘tkaziluvchi tadbirda Rossiyani namoyon etgan.

Xabarlarga ko‘ra, madrasadagi tahlilini yetti yoshida boshlagan Bilol 11 yoshida "Qur‘oni Karim"ni yoddan bilgan.

U Dog‘istonning Xasavyurt tumanidagi Novy Kostek qishlog‘idan. 7-sinf o‘quvchisi.

Bahreyndagi xalqaro tanlovda 10 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan qorilari ishtirok etishgan.

Shimoliy Qofqozdagi qator internet nashrlari tarqatgan xabarlarga ko‘ra, Bilol dastlab "g‘alaba qozonishiga ko‘zi yetmagani, ammo Allohning ko‘magi bilan biror bir xatosiz qiroat qilishga muvaffaq bo‘lgani"ni aytgan.

Otasi Magomed Abdulxoliqovning so‘zlariga qaralsa, g‘olib farzandi endi arab tilidagi "Qur‘oni Karim"ning tarjimasi bilan shug‘ullanadi.

Xabarlarga ko‘ra, 27 noyabr kuni boshlanib, bir hafta davom etgan tanlovda aksariyat quvaytlik ishtirokchining g‘alaba qozonishini bashorat qilgan.

Ayni o‘rinda shuni ta‘kidlash joizki, bu - Bilol Abdulxoliqovning "Qur‘on" tilovati bo‘yicha uyushtirilayotgan mahalliy va xalqaro tanlovlarda ilk bor ishtirok etishi emas.

Bilol o‘tgan yil o‘zi yashayotgan tuman markazi Xasavyurt shahrida bo‘lib o‘tgan yosh qorilar tanlovi g‘olibi sanaladi.

Keyin Tatariston poytaxti Qozon shahrida uyushtirilgan xalqaro tanlovlar va MDH miqyosida o‘tkazilgan tadbirlarda ham "Qur‘oni Karim"ni qiroat etish bobida hech kim unga teng kelolmagan.

Ayrim xabarlarga ko‘ra, Bilol diniy tahsilini poyoniga yetkazib, ko‘zga ko‘ringan mudarrislardan biri bo‘lishni orzu qiladi.

Ayon bo‘lishicha, ota-onasi ham farzandining istaklariga qarshi emas va Bilolni arab tilini mukammal o‘rgana olishi uchun Iordaniyaga yuborishni ham rejalashmoqda.

Xabarlarga ko‘ra, Rossiya muftiylar kengashi raisi Ravil Gaynutdinov Bilolni so‘nggi g‘alabasi bilan shaxsan o‘zi tabriklashni rejalamoqda.

--------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.
Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing. Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.