BBC navigation

Eron: Ko‘rfazda Qo‘shma Shtatlarning uchuvchisiz uchog‘i tutildi

Сўнгги янгиланиш 4 декабр 2012 - 11:28 GMT

Eron oxirgi ikki yil ichida uchta AQSh dronini tutishga muvaffaq bo‘lganini aytadi

Eron harbiylari ma‘lum qilishicha, ular Fors ko‘rfazining Eronga tegishli qismida AQShning uchuvchisiz uchog‘ini yerga tushirishga muvaffaq bo‘lganlar.

Eron armiyasining ilg‘or bo‘linmasi hisoblangan "Inqilob pospbonlari"ga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar tomonidan ishlatiladigan ScanEagle (Skanigl) uchuvchisiz uchog‘ini ular yerga tushirganlar.

ScanEagle boshqa dron uchoqlariga nisbatan kichiqroq bo‘lib, texnik imkoniyatlari ham cheklangan hisoblanadi.

"Insitu" avtomobilsozlik shirkati mahsuloti bo‘lgan bunday dronlar uzoq masofaga uchishga mo‘ljallangan.

Vitse-admiral Ali Fadaviyning "Fors" axborot agentligiga aytishicha, tutilgan uchoq bir necha kundan buyon ko‘rfaz uzra parvoz qilib, josuslik ma‘lumotlarini to‘playotgan bo‘lgan.

Qo‘shma Shtatlar dron uchog‘i urib tushirilgani haqidagi xabarni o‘rganayotganini aytgan.

"Bunday dronlar odatda yirik kemalardan uchiriladi", - deb aytgan vitse-admiral Ali Fadaviy.

U hodisaning qachon va qanday yuz bergani haqida qo‘shimcha ma‘lumot bermagan.

Eron oxirgi ikki yil ichida uchinchi marta AQSh dron uchoqlari qo‘lga kiritganini aytadi.

O‘tgan oy Tehron rasmiylari AQSh droni Eron havo hududini buzganini da‘vo qilishgandi.

--------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.
Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing. Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.