BBC navigation

Qohirani qoplayotgan beton to‘siqlar

Сўнгги янгиланиш 5 декабр 2012 - 15:24 GMT
  • Qohiraning turli qismlarida beton to‘siqlar paydo bo‘lishda davom etayapti. Ko‘chalarni to‘sib qo‘yadigan baland devorlarni o‘rnatish bilan rasmiylar shahar markazida yuzaga keladigan to‘qnashuvlarni bartaraf qilishmoqchi, lekin oddiy aholi ulardan norozi, namoyishchilar esa bu devorlar ularni to‘xtata olmasligini aytishmoqda.
  • Shayx Rayhon ko‘chasidagi bu devor Misr Vazirlar mahkamasiga yetaklovchi yo‘lni to‘sgan. U 2011 yil noyabrida qo‘shni Muhammad Mahmud ko‘chasidagi to‘qnashuvlar chog‘ida o‘rnatilgandi.
  • O‘smir bola Qasr al-Ayni ko‘chasini Vazirlar mahkamasidan ajratib qo‘ygan devorga tirmashib chiqayapti.
  • Tahrir maydoni va Vazirlar mahkamasi orasidagi Qasr al-Ayni ko‘chasida o‘rnatilgan mana bu devor bu yil 25 noyabrda politsiya va namoyishchilar orasida olti kun davom etgan to‘qnashuvlardan so‘ng barpo qilingan.
  • Graffiti esa ertasiga chizilgan.
  • Qasr al-Ayni ko‘chasida devor tiklanishi bilan to‘qnashuvlar yaqin oradagi Simon Bolivar hiyoboniga ko‘chgan. U ham Tahrir maydoni va AQSh elchixonasiga yaqin. Bu hiyobonda ham 30 noyabrda devor tiklandi.
  • Simon Bolivar hiyobonidagi beton devor AQSh elchixonasiga eltuvchi yo‘lni to‘sib qo‘ygan.
  • Qasr al-Ayni ko‘chasida devorlardan tashqari tikanli simto‘rlar ham o‘rnatilgan.
  • Mana bu tikanli to‘r Qasr al-Ayni ko‘chasini ko‘p elchixonalar joylashgan Garden Siti hududidan ajratib qo‘ygan. Namoyishlar davom etar ekan, tikanli to‘r va devorlar o‘z joyida qolmoqda.

Videos and Photos

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.