BBC navigation

Diktatorlar ketishdi, korruptsiya qoldi

Сўнгги янгиланиш 5 декабр 2012 - 11:49 GMT

Arab davlatlarida korruptsiya ildiz otgan, lekin shunda ham ular O‘zbekistondan ko‘ra tuzukroq ahvolda

Transparency International (Xalqaro Shaffoflik) tashkiloti tuzumlar va rahbarlari inqilobiy yo‘lda o‘zgartirilgan arab mamlakatlari hamon eng ko‘p korruptsiyaga botgan davlatlar bo‘lib qolganini urg‘ulaydi.

Tashkilotga hisobotiga binoan, Yaqin Sharq davlatlari siyosiy o‘zgarishlar ortidan endilikda korruptsiyaga qarshi kurashish kabi o‘ta mushkul vazifa oldida qolishmoqda.

Transparency International iga ko‘ra, hukumatlar shaffoflik va ochiq hisob berish tajribasini yo‘lga qo‘yishlari lozim.

Biroq qator arab davlatlaridagi inqilobiy o‘zgarishlar ko‘plab sohalar kabi korruptsiyaga qarshi kurash sohasida ham kutilgan natijalarni bermagan va Misr kabi yirik mamlakatlardla hamon ichki siyosiy ziddiyatlar davom etmoqda.

Ayni damda, korruptsiya joriy yil bo‘yi nafaqat sobiq diktaturalar va yoki rivojlanayotgan mamlakatlarga, balki Ovro‘poga ham tahdid solayotgani ta‘kidlanadi. Ayniqsa, yirik moliyaviy inqiroz bois Sharqiy Ovrpo‘o mamlakatlaridagi korruptsiyaga oid ahvol ancha yomonlashgan.

Transparency International dunyoning 170 davlati bo‘yicha o‘tkazgan tadqiqot jadvalida hatto Britaniya ham korruptsiyaga qarshi kurashda qiynalayotgan mamlakatlar sifatida tilga olinadi. Bunga sabab ayni davlatda joriy yilda yuzaga chiqqan bir nechta yirik mojarolardir. Mazkur mashmashalar siyosiy partiyalarning moliyaviy manbalari va lobbi guruhlariga taalluqli.

Tuzum o‘zgargan arab davlatlari korruptsiya jadvalida hamon oldingi o‘rinlarda bo‘lishsa-da, biroq O‘zbekiston va Turkmaniston kabi mamlakatlar 17 o‘rin bilan ulardan ham ko‘ra yomonroqdar ahvolda qolishmoqda. Bu degani - Afg‘onistondan bir necha pog‘ona pastda, lekin Iroq bilan deyarli bir xil darajada.

---------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.
Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing. Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.