BBC navigation

Misr poytaxti Qohirada tanklar joylashtirildi

Сўнгги янгиланиш 6 декабр 2012 - 12:42 GMT

Misr armiyasi Qohiradagi prezidentlik saroyi tashqarisida tanklar va zirhli mashinalar joylashtirgan.

Mazkur qaror o‘tgan tun Prezident Muhammad Mursi tarafdorlari va muxoliflari o‘rtasida kechgan qaqshatqich to‘qnashuvlar ortidan olingan.

Janglarda kamida 5 inson nobud bo‘lgan va 400dan ortiq kishi yaralangan. Ammo, so‘nggi xabarlarda hozir vaziyat biroz tinchigani aytiladi.

To‘qnashuvlar chorshanba kuni prezident tarafdorlari muxolif namoyishchilarni to‘xtatishga urinishlari ortidan boshlanib ketgandi.

Tartibsizliklar hozir Misrning boshqa qismlariga ham tarqalgani xabar qilinadi.

Aytilishicha, "Musulmon Birodarlari"ning Ismoiliya va Suyez kabi shaharlaridagi idoralariga hujumlar uyushtirilgan.

BBCning Qohiradagi muxbiri Jon Leyn o‘tgan tun kuzatilgan to‘qnashuvlarni mamlakatdagi siyosiy inqirozning xavotirli rivoji sifatida ta‘riflaydi.

Muxbirimizga ko‘ra, zo‘ravonliklar sobiq prezident Husni Muborak davrida amalga oshirilgan inqilob paytidagi usullarni eslatadi.

Muxolifat liderlari mazkur zo‘ravonliklarda "Musulmon Birodarlari"ini ayblashmoqda.

Milliy Qutqaruv Jabhasi yetakchi rahbarlari - Muhammad Al-Baradiy va Amr Musa bergan qo‘shma matbuot anjumanida zo‘ravonliklar uchun janob Mursini to‘la javobgar hisoblashlarini aytishgan:

"Eng avvalo, men shuni aytmoqchimanki, biz Prezident Mursi va uning hukumatini bugun Misrda yuz berayotgan zo‘ravonliklar uchun mutlaq mas‘ul sifatida ko‘ramiz", deb aytgan Muhammad Al Baradiy.

Muxolifat agar janob Mursi o‘ziga katta qudrat beruvchi farmoni va Konstitutsiyaga o‘zgartishlar kiritishga oid joriy oy rejalangan referendumni bekor qilsa, u bilan muloqotga borishini ham bildirgan.

"Inqilob buning uchun amalga oshirilgani yo‘q. Inqilob erkinlik, demokratiya va insoniy qadr-qimmat uchun amalga oshirildi", deb aytgan Muhammad Al - Baradiy matbuot anjumanida.

Misrdagi tartibsizliklar ayni mana shu bahsli konstitutsiya loyihasi tufayli boshlanib ketgan, biroq hukumat referendum baribir o‘tkazilishi ta‘kidlamoqda.

---------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.