BBC navigation

Filippinda to‘fon 300dan ortiq insonning umriga zomin bo‘ldi

Сўнгги янгиланиш 6 декабр 2012 - 12:57 GMT

Filippinda Bopha to‘foni tufayli 300dan ortiq inson hayotdan ko‘z yumgan.

To‘fon mamlakat janubining katta qismini o‘z domiga tortgan.

Aholi muhofaza qo‘mitasiga ko‘ra, hozirgacha kamida 325 kishi nobud bo‘lgani tasdiqlangan, yana 379 odam bedarak ketgan.

Insoniy talofatlar Filippinning 8 viloyatida kuzatilgan, biroq sharqiy Mindanao eng ko‘p ziyon ko‘rgan mintaqa ekani aytiladi.

Kompostela Vodiysi viloyatining o‘zida kamida 184 kishi hayotdan ko‘z yumgan. Mazkur viloyatdagi favqulodda boshpanalarni ham suv yuvib ketgan.

"Hozirgi hisob-kitoblar bo‘yicha 325 kishi nobud bo‘lgan, biroq bu raqamlar yana o‘sishi mumkin. Chunki ko‘plab insonlar bedarak ketishgan", deydi Aholi muhofaza qo‘mitasi rahbari Benito Ramos payshanba kuni bergan matbuot anjumanida.

"Kommunikatsiya uzilgan, elektr quvvati yo‘q, yo‘llar va ko‘priklar vayron bo‘lgan", deydi u.

Ramos janoblariga ko‘ra, hamon qidiruv va qutqaruv ishlari davom etmoqda.

----------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.