BBC navigation

Afg‘onistonda rasmiylarga qarshi hujumlar

Сўнгги янгиланиш 10 декабр 2012 - 14:53 GMT

Afg‘on rasmiylari bildirishlaricha, Lag‘mon viloyati ayollar masalalari bo‘yicha mas‘uli Nadiya Siddiqiy ishga ketayotgan mahal otib ketilgan.

Nimro‘z viloyati politsiya boshlig‘i esa, yo‘l yoqasida ko‘mib ketilgan bombaga duch kelishi oqibatida halok bo‘lgan. Hodisa Hirot viloyati Adraskan ulusvorligida yuz bergan.

Politsiyaning aytishicha, avtomobili bombaga duch kelgan mahal General Muhammad Muso Rasuliy Hirotdagi uyidan Nimro‘zga, o‘z vazifasini ado etish uchun ketayotgan bo‘lgan.

O‘tgan hafta Afg‘oniston Josuslik xizmati rahbari Tolibon tarafidan uyushtirilgan xudkushlik hujumida tan jarohati olgandi.

Asadullo Xolidga qarshi hujum Kobulda o‘zini tinchlik elchisi etib tanishtirgan shaxs tomonidan amalga oshirilgan. Muxbirlar hodisani tinchlik sa‘y-harakatlari uchun katta zarba sifatida ta‘rifladi.

Tafsilotlar

Axborot vositalariga ko‘ra, Nadiya Siddiqiy ishga ketayotgan mahal rikshada kelgan ikki noma‘lum shaxs tarafidan nishonga olingan.

"Biz tekshiruvlar boshladik, hujum yuz bergan sathni o‘rab qo‘ydik, hujumchilarni juda tez orada topamiz", deb aytgan Lag‘mon politsiyasi boshlig‘i Ahmad Sherzod.

Siddiqiy xonim Lag‘mon viloyati ayollar masalalari bo‘yicha bo‘limga rahbar etib, o‘tgan iyul oyi oldingi mas‘ul Hanifa Safiy bomba hujumida hayotdan ko‘z yumishi ortidan tayinlangandi.

Lag‘mon politsiya boshlig‘ining BBCga aytishicha, Siddiqiy xonim tan qo‘riqchilarsiz yurgan.

O‘tgan hafta Lag‘mon bilan chegaradosh Kapisa viloyatida ayol tibbiyot xodimi joniga qasd qilingandi.

Nimro‘zda esa, rasmiylarning aytishlaricha, General Rasuliy kasalxonaga yetkazilganidan so‘ng, hujumdan olgan jarohatlari tufayli vafot etgan.

Xabarlarga ko‘ra, General Muhammad Muso Rasuliyga qarshi hujumda yana uch kishi yaralangan.

Hujumni mas‘uliyatini Tolibon o‘z ximmasiga olgan.

-----------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.