BBC navigation

Qozog‘iston Baykonurni butunlay o‘ziniki qilish niyatida

Сўнгги янгиланиш 10 декабр 2012 - 15:12 GMT

Qozog‘iston Baykonur shahri va kosmodromini Rossiya ijarasidan chiqarishni rejalashtirmoqda.

Bu haqda Qozog‘iston Milliy kosmik agentligi rahbari Tal‘at Musaboyev parlamentning quyi palatasi yig‘ilishida bildirgan.

Uning so‘zlariga binoan, Qozog‘iston hukumati bu haqda Rossiya bilan tuziladigan loyiha ustida ish olib boryapti.

Biroq shartnoma qachon tayyor bo‘lishi haqida ochiqlamagan.

Bu ish bilan shug‘ullanadigan komissiyaga Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari Qayrat Kelimbetov, Rossiya tomonidan bosh vazir o‘rinbosari Igor Shuvalov rahbarlik qilishadi.

"Bu bilan biz darhol ijaraga berishni tugatamiz demoqchi emasmiz. Bu asta-sekin amalga oshadigan jarayon", - deb aytgan Musaboyev.

Uning ta‘kidlashicha, birinchi navbatda Rossiyaning "Zenit"raketalari ijaradan chiqariladi. Ayni paytda kompleks joylashgan Baykanur shahri bo‘yicha huquqiy hujjatlar ko‘rib chiqilmoqda.

Bundan oldin Rossiya internet nashrlari Baykonurni Rossiya ijarasidan chiqarilishi haqida xabar berishgan edi.

Interfaksga ko‘ra, bu qozoq tomonining talabi bilan ko‘rib chiqilmoqda. Kuzatuvchilarga ko‘ra, bu masala hal etiladigan bo‘lsa, kosmodromda ishlovchi rossiyaliklarning Qozog‘istondan ommaviy ravishda ko‘chishiga va albatta mutaxassislar yetishmovchiligini keltirib chiqaradi.

Rossiya Baykonur kosmodromini 1994 yildan buyon ijaraga olib keladi. Ijara haqqi yiliga qariiyb 115 million dollarga teng amaldagi shartnoma muddati 2050 yilda nihoyasiga yetishi aytiladi.

Ayni paytda Rossiyaning Amursk viloyatida "Vostochniy" kosmodromi qurilishi davom etmoqda. Yangi kosmodromdan birinchi raketa 2015 yil uchirilishi mo‘ljallangan.

Shu bilan birga har yili Baykonur shahri byudjetiga Rossiya Federatsiyasidan bir milliard rubldan ortiq mablag‘ tushadi. Baykonurda 70 mingga yaqin kishi istiqomat qiladi. Undan 37 foizi Rossiya fuqarolari bo‘lsa, 60 foizi qozog‘istonliklardir.

----------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.