BBC navigation

Muxolifat faoli Malohat Eshonqulova "uy qamog‘i"da

Сўнгги янгиланиш 10 декабр 2012 - 14:38 GMT

7 dekabr kuni Samarqand viloyatida militsiya xodimlari tomonidan ushlangan jurnalist va muxolifat faoli Malohat Eshonqulova o‘zi tug‘ilib o‘sgan Oqdaryo tumanidagi uyida "uy qamog‘i" sharoitida saqlanmoqda.

Bu haqda faolning yaqinlari xabar qilganlar.

Malohat Eshonqulova xavfsizlik xodimlari tomonidan olib ketilganidan qayerdaligi noma‘lum qolayotgan edi.

Faol turmush o‘rtog‘i Avaz Fozilovning aytishicha, Malohat Eshonqulova onasining uyi atrofida bir necha mashina qo‘yilgan, militsiya uchastka noziri har-har zamonda uyga bosh suqib "o‘tiripsizmi" deb turipti.

Eshonqulovaning turmush o‘rtog‘iga ko‘ra, militsiyaning 7 dekabrdagi harakati Malohatning faoliyatiga xalaqit berish va qo‘rqitib qo‘yish uchun uyushtirilgan.

Malohatni qo‘lga olgan militsiya xodimlari uning yonidagi texnika jihozlari va telefonini olib qo‘yishgan.

Bundan oldin ham Malohat Eshonqulova o‘ziga militsiya xodimlari tomonidan kuzatuv va bosimlar bo‘lgani, kasbi taqozosiga ko‘ra to‘plagan ma‘lumotlari olib qo‘yilgani haqida xabar bergan edi.

O‘zbekiston Teleradiokompaniyasining sobiq xodimi Malohat Eshonqulova ayni paytda "Birdamlik" harakatining a‘zosi hisoblanib, jamiyatda mavjud noqonuniy ko‘rinishlarga qarshi norozilik aktsiyalari uyushtirib keladi.

Malohat Eshonqulova va "Birdamlik " harakati a‘zolari birgalikda 8 dekabr Konstitutsiya kuni munosabati bilan oq sharf o‘rab norozilik izhor etish aktsiyasini rejalashtirganlar.

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.


* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.