BBC navigation

Xitoyda mahkama uchoqni garovga olishga uringan uch uyg‘urni o‘lim jazosiga hukm etdi

Сўнгги янгиланиш 11 декабр 2012 - 15:16 GMT

Uyg‘urlar Shinjonga xanlarning ommaviy ravishda ko‘chirilishiga qarshi ekanliklarini aytishadi

Xitoyda mahkama iyun oyida go‘yoki uchoqni garovga olishga uringan uch uyg‘urni o‘lim va yana birini bir umrlik qamoq jazosiga hukm etgan.

Sinxua Axborot agentligi tarqatgan xabarga ko‘ra, Ho‘tan shahridagi mahkama mamlakat shimoli-g‘arbidagi Shinjon bo‘lgasidan bo‘lgan to‘rt shaxsni "terrorchi tashkilotni tuzish, unga a‘zolik qilish, va portlovchi moddalarni ishlatish"da aybdor deb topgan.

29-iyunda yuz bergan hodisada hammasi bo‘lib uyg‘ur millatiga mansub olti shaxs hibsga olingan, ulardan ikki nafari uchoq a‘zolari va yo‘lovchilar bilan bo‘lgan to‘qnashuv paytida olgan jarohatlardan halok bo‘lgan.

Xitoydan tashqarida joylashgan bir inson huquqlari tashkilotiga ko‘ra, hodisaga, aslida, uchoqni garovga olish emas, balki uchoq o‘rindiqlari uchun talashish ortidan chiqqan janjal sabab bo‘lgan.

Sinxuaga ko‘ra, oltovlon uchoqni chetga yo‘naltirish yoda havoda portlatib yuborish uchun bir necha oy tayyorgarlik ko‘rgan. Uchoq havoga ko‘tarilishidan ko‘p o‘tmay, ular "diniy ekstremistik so‘zlarni" aytib, o‘z o‘rinlaridan turganlar va o‘tkir metallar bilan yo‘lovchilarga hujum qilganlar, deyiladi Sinxua Axborot agentligi xabarida.

Biroq, portlovchi moddalarni ishga solmoqchi bo‘lgan shaxslar kema a‘zolari va yo‘lovchilar tomonidan zararsizlantirilganlar va uchoq Ho‘tanga qayta qo‘ngan, deb ilova qiladi Sinxua.

"Muso Yusuf, Arsdiqali Yimin va Umar Yimin o‘lim jazosiga hukm etildi, "o‘z ayblariga samimiy iqror bo‘lgan" Olim Musoga esa bir umrlik qamoq jazosi tayinlandi", - deb xabar bergan Sinxua.

Shinjon musulmon uyg‘urlar vatani esada, xitoylik xanlar tomonidan idora etiladi. Hukumat va uyg‘urlar o‘rtasida to‘qnashuvlar tez-tez yuz berib turadi.

Uyg‘urlar xanlarning Shinjon mintaqasiga kelib joylashishlariga qarshi ekanliklarini aytishadi.

Xitoy hukumati esa mintaqada uyushgan radikal musulmon guruhlariga qarshi kurashayotganini aytadi.

--------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.