BBC navigation

Istanbul mahkamasi o‘zbek qochqinini hibsdan ozod etish haqida qaror chiqardi

Сўнгги янгиланиш 11 декабр 2012 - 16:56 GMT

Turkiyadagi o‘zbek qochqinlari "ahvollari og‘ir" ekanini aytishadi

Istanbuldagi ekstraditsiya mahkamasi andijonlik Shomurodjon Qosimovni hibsdan ozod qilish haqida qaror chiqargan.

Uning O‘zbekistonga berib yuborilish yoki olib qolish borasida yakuniy hukm kelgusi yilning 30 yanvar kuni bo‘lib o‘tadigan mahkamada aniq bo‘ladi.

Qosimovning advokati Abduhalim Yilmaz BBC bilan suhbatda ushbu qaror ularga umid bag‘ishlaganini bildirdi.

"Qosimov haqida O‘zbekiston tomonidan qo‘yilgan ayblovlarning hammasi siyosiy ayblovlar ekanlingini, uning hech bir kimsaga zarar bermaganini bildirdik. Mahkama uning hibsdan ozod etilishi borasida qaror chiqardi. Shu bilan birga Turkiyadan chiqishga taqiq qo‘ydi, haftada bir marta politsiya idorasiga qaydnomadan o‘tadi", - deydi Abduhalim Yilmaz.

Mahkama o‘zbekistonlik qochqin taqdiri yuzasidan yakuniy qarorni 2013 yilning 30 yanvar kuni berishi kutilmoqda.

Advokatga ko‘ra, Qosimovning hibsdan ozod etilishi ularga hukmning ijobiy bo‘lishi mumkinligi borasida umid bergan.

Advokatning bildirishicha, Shomurodjon Qosimovga konstitutsion tuzimni ag‘darish aybi qo‘yilgan.

Xalqaro qonunchilik bo‘yicha, bu kabi ayblar siyosiy hisoblanadi va unda ayblanayotgan odamlar o‘sha davlatga yuborilmaydi.

O‘zbekiston tomoni Qosimovni konstitutsion tuzumga tajovuz qilishda ayblagan.

Ammo, advokatga ko‘ra, ushbu yozishmalarda Shomurodjon Qosimovning jinoyat sodir etganiga doir dalil keltirilmagan.

BMTning qochqinlar bilan ishlash idorasi Qosimovning arizasi yuzasidan hanuz bir qaror bermagan.

Turkiyada o‘zbek qochqinlari ko‘paymoqda

O‘zbekistonlik fuqarolar uchun viza talab etilmaydigan Turkiyada boshpana izlayotgan qochqinlarning soni ko‘payyotgani aytiladi.

Ayrim raqamlarga ko‘ra, Istanbulning o‘zida bir necha ming qochqin bo‘lishi mumkin.

Ayniqsa, Qozog‘iston o‘zbekistonlik 30 ortiq boshpana izlovchini rasmiy Toshkentga topshirganidan so‘ng Turkiyada boshpana izlovchilarning soni yanada orta boshlagan.

BBC bilan suhbatda ismini oshkor qilishni istamagan qochqinning aytishicha, Turkiyadagi o‘zbek qochqinlarining ahvoli ancha og‘ir.

"Biz bu yerga kelganimizda, vaqtinchalik yashash huquqini beruvchi qog‘oz berishdi. Mana ushbu hujjatning muddati tugayapti, ammo uni cho‘zdirish muammo bo‘layapti. Sababi, BMTning qochqinlar bilan ishlash idorasi bizning arizamizni cho‘zayapti va bu Turkiyada qonuniy qolishimizga muammo yaratishi mumkin", - deydi Olma ota orqali Turkiyaga ketgan o‘zbekistonlik boshpana izlovchi.

Unga ko‘ra, BMT idorasi ushbu qochqinlar borasida milliy xafvsizlik idoralaridan ma‘lumotlar borligini aytgan.

Ammo qaysi davlat idorasidan ekanligi borasida biror izoh berishmagan.

Qozog‘iston orqali Turkiyaga boshpana izlab 50dan ortiq oila borib qolgani aytiladi.

Ular O‘zbekistonga berib yuborilish xavfi paydo bo‘lgach, Turkiyaga chiqib ketgan.

Ushbu qochqinlarning ishlash huquqi bo‘lmagani va xayriya tashkilotlaridan yordam yo‘qligi bois qiyin sharoitlarda yashayotgani ma‘lum.

--------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.