BBC navigation

O‘zbekistonlik Moskvadagi hibsxonada o‘z joniga qasd qilgan

Сўнгги янгиланиш 11 декабр 2012 - 13:38 GMT

Ma‘lumotlarga ko‘ra, o‘zbekistonlik muhojir qattiq ruhiy va jismoniy tahdidlar ostida o‘z joniga qasd qilgan.

Rossiyadagi "Memorial" inson huquqlari markazi xabar tarqatishicha, Moskvadagi muvaqqat hibsxonada saqlanayotgan o‘zbekistonlik 19 yoshli Abdusamat Fazliddinov O‘zbekiston milliy xavfsizlik xodimlarining tahdidlari tufayli o‘zini o‘ldirgan.

Rossiyaning Kaliningrad viloyatida mehnat muhojiri bo‘lgan Abdusamat Fazliddinov 2012 yil 15 noyabrda Moskvaning "Sheremetevo" aeroportidagi pasport tekshiruvi payti qo‘lga olinadi.

U bilan birga yana to‘rt o‘zbekistonlik ham ushlangan.

Militsiya xodimlariga ko‘ra, Namanganning bir mahallasidan bo‘lgan besh yigit Rossiyada ikki yil davomida ishlashgan.

O‘zbek rasmiylari ularni taqiqlangan ekstremistik tashkilotga a‘zolikda ayblab xalqaro qidiruvga berganlar.

O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish idoralariga ko‘ra, o‘zbek mehnat muhojirlari Kaliningradda "Hizb ut-Tahrir" firqasiga a‘zo bo‘lishgan va jihodga targ‘ib qiluvchi tashkilotga pul o‘tkazganlar.

Rossiyadagi "Memorial" inson huquqlari markazining xabar berishicha, 2012 yil 7 dekabr kuni O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmatining uch xodimi muvaqqat hibsxonada bo‘lib, o‘zbeklar bilan uchrashishgan.

Co‘roq paytida, yigitlar tirnoqlari qo‘porilib olish, 15-20 yillik turma va boshqa tahdidlar bilan qo‘rqitilgan.

Himoyachi Roza Magomedovaning aytishicha, so‘roq orqasida tug‘ilgan ruhiy tushkunlik Fazliddinovning o‘limiga sabab bo‘lishi mumkin.

Xavfsizlik xodimlari so‘roq qilganidan so‘ng, 9 dekabrda ikki kameradoshi tashqariga chiqqanidan foydalanib Fazliddinov o‘zini osgan.

Moskvalik inson huquqlari faollariga ko‘ra, marhumning jasadi Moskvadagi 10-morgga, Namangandagi yaqinlariga telegramma yuborilgan.

----------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.