BBC navigation

Qishda minglab kitlar Norvegiya sohillarida yig‘ildilar

Сўнгги янгиланиш 12 декабр 2012 - 14:46 GMT
  • Ovqat topish maqsadida Norvegiyaning Arktika sohilida bukri kitlarning katta guruhi yig‘ilgan. Yuzlab sondagi ulkan sut emizuvchilarni Tryomsyo sohilida ilk bor 2010 yilda ko‘rishgan. Kitlarni suratga olgan fototasvirchi Espen Bergersenning aytishicha, yil sayin kitlarning soni ortib borayapti.
  • "Kitlarning nafas olishini qirg‘oqdan turib eshitish mumkin", deydi Espen Bergersen. "Hatto kitlarning hidini his qilish mumkin", deydi u. Kitlardan aynigan baliqning hidi keladi, deydi janob Bergersen. Odatda kitlar sohilga bu qadar yaqin kelishmas edi, deydi tabiat ishtiyoqmandi.
  • Baliqlarni ovlash uchun kitlar ularning atrofini o‘rab olishadi. Keyin suv ostiga sho‘ng‘ib, pastdan baliqlarga tashlanadilar. "Agar suv sathida vahimaga tushib yuqoriga sakrayotgan baliqlarni ko‘rsang, bilginki, pastdan ulkan og‘zini ochib bukri kit yaqinlashmoqda", deydi janob Bergersen.
  • "Agar omading chopsa, pastdan baliqlarga tashlanib suv ustiga sakragan kitni 10 metr masofadan ham ko‘rishing mumkin", deydi Espen Bergersen. U ushbu suratini ham qirg‘oqdan turib tasvirga olgan.
  • Ov qilayotgan bukri kitlardan qolgan-qutgan baliqlarni terish uchun dengiz qushlari ham tashlanadilar. Kitlar ov qiladigan joy o‘zgargani bu hududlarda ular uchun yemish bo‘ladigan baliqlar ko‘p yig‘ilganidan darak beradi. Qishga yaqin baliqlar sohilga tutash hududlarda to‘planadilar.
  • Qish oylarida Norvegiya va Barents dengizlarida 1000 tacha bukri kit ov qilishadi. Ular Tryomsyo qirg‘oqlarida yanvar oyining o‘rtalarigacha bo‘lib, keyin Karib orollari taraflarga yo‘l oladilar. U joylarda yozga borib kitlarning qo‘shilish mavsumi boshlanadi.
  • Ulkan sut emiuvchilarni tasvirga olish ham qiyin ish. Janob Bergersenning aytishicha, kitlar bahaybat bo‘lganlariga qaramasdan, birozdan keyin qanday hatti-harakat qilishini oldindan aytib bo‘lmaydi. "Ular suv yuzasiga qachon chiqishini hech qachon bilmaysan". Uning qo‘shimcha qilishicha, Norvegiya shimolida qutb yog‘dusini tasvirga olish ham ana shunday mushkul ishlardandir. Barcha suratlar muallifi Espen Bergersen. www.naturgalleriet.no

Videos and Photos

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.