BBC navigation

"Pokiston qavm hududlarida inson huquqlari poymol bo‘lmoqda"

Сўнгги янгиланиш 13 декабр 2012 - 14:13 GMT

Pokiston hukumati mamlakat shimoli-g‘arbidagi ozod qavmlar yashovchi hududlarda inson huquqlari poymol qilinishi bilan bog‘liq minglab holatlarni bee‘tibor qoldirmoqda.

Bu haqda Xalqaro Amnesti guruhi yangi hisobotida aytilgan. Hisobotga ko‘ra, aholi ham Tolibon va ham harbiylik tarafidan qo‘rquvga solinmoqda.

2009 yil yirik harbiy amaliyotlar ortidan Tolibonga qattiq zarba berilgan, biroq hali hamon hududda kuchli hozirligi saqlanib qolmoqda.

Hisobotda harbiylar gumondorlarni yillab hibsda ushlab turganiga oid tafsilotlar keltiriladi.

Aytilishicha, ular qamoqxonada qiynoqlarga solinadi va ba‘zilar noaniq sabablar bilan hayotdan ko‘z yumishadi.

Inson huquqlarini himoya qiluvchi Xalqaro Amnesti tashkiloti bunday holatlardan aziyat chekayotgan erkaklar va o‘smir bolalar soni minglab ekanini aytadi.

Mintaqada amal qiluvchi qattiqqo‘l qonunlar bois, qurolli kuchlar u yerda daxlsiz faoliyat olib borishlari mumkin.

Mahalliy odamlarga ko‘ra, ular agar josuslikda ayblanishsa, qiynoqqa solinishlari va yo Tolibon tarafidan o‘ldirib yuborilishlari ehtimolidan qo‘rqib yashashadi.

Avvalroq, BBCga gapirgan Pokiston armiyasi voizi hibsxonalarda o‘lim hollari onda-sonda yuz beradigan hodisa ekanini aytgandi.

Ayrimlar esa, Afg‘oniston bilan chegaradagi terrorchilikni yengish uchun harbiylik keng qamrovli qudratga ega bo‘lishi kerak, degan fikrni urg‘ulaydilar.

-----------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.