BBC navigation

Afg‘oniston sharqidagi portlashda 10 qizaloq halok bo‘ldi

Сўнгги янгиланиш 17 декабр 2012 - 14:23 GMT

Afg‘oniston rasmiylarining ma‘lum qilishlaricha, Nangarhor viloyatida mina portlashi oqibatida 10 yosh qiz halok bo‘lib, yana ikkisi jarohatlangan.

Xabarlarga ko‘ra, qizlar o‘tin terib yurishgan vaqti ulardan biri behosdan minaga bolta bilan tegib ketgan.

Halok bo‘lgan qizaloqlarning aksari 9 dan 11 yoshgachadir.

Minani isyonchilar o‘rnatishganmi, yoda Afg‘onistonda davom etgan uzoq yillar mobaynidagi urushlar davridan qolganmi ma‘lum emas. Avvalgi urushlar davridan qolgan minalar mamlakat bo‘ylab xanuz ko‘plab topiladi.

Rasmiylardan ba‘zilari bu yaqinda joylashtirilgan mina desa, boshqalari Sho‘rolar bilan urush davridan qolgan mina deya aytgan.

Rasmiylarga ko‘ra, jarohat olgan ikki qizchaning ahvoli og‘ir.

Ayni vaqtda Afg‘oniston poytaxti Kobul yaqinida yuz bergan portlashda ham kamida bir kishi halok bo‘lgan.

Bu portlash Jalolobod shohko‘chasida yuz bergan. Bu yerda ko‘plab NATO va xalqaro shirkatlar qarorgohlari joylashgandir.

Politsiyaning ma‘lum qilishicha, portlash xalqaro qurilish shirkatlaridan biri offisi yaqinida yuz bergan, ammo nishon nima bo‘lganligi ma‘lum emas.

Toliblar ushbu hujumda masu‘liyatni o‘z bo‘yniga olishgan. Ularga ko‘ra, xudkush hujumchi Amerikaning muhandislik va qurilish shirkatlaridan birining offisiga qarata portlovchi moddalar ortilgan mashinani haydab borgan.

Ushbu portlash oqibatila jarohatlanganlar orasida xorijiy fuqarolar ham borligi aytilgan.

----------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.