BBC navigation

Inson huquqlari faoli Abdusalom Ergashevga savol bering

Сўнгги янгиланиш 17 декабр 2012 - 19:03 GMT

Abdusalom Ergashev O‘zbekiston ichkarisidagi kam sonli xuquq faollaridan

BBCUzbek.com o‘quvchilarining savollariga farg‘onalik inson huquqlari faoli Abdusalom Ergashev javob beradi.

Abdusalom Ergashev 1948 yil 1 oktyabrda tug‘ilgan.

Farg‘ona viloyatining Chimyon qishlog‘idagi 12-o‘rta maktabni bitirib, Farg‘ona pedagogika institutining rus tili va adabiyoti fakultetiga o‘qishga kirgan.

1969 yilda 4-bosqich talabasi ekan, o‘zining aytishicha, "antisovet propagandasi" uchun komsomoldan o‘chirilib, o‘qishdan haydaladi.

O‘sha yilning o‘zida "ashaddiy bezorilik" aybi bilan 3 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.

Zangiotadagi umumiy tartibdagi qamoqda o‘tirgan.

1972 yilda ozodlikka chiqqach, Farg‘ona viloyat partiya qo‘mitasi nashri bo‘lgan "Kommuna" ro‘znomasiga ishga kirib, avvaliga korrektor, keyin tarjimon bo‘lib ishlagan.

Inson huquqlari sohasidagi faoliyati ro‘znomada ishlab yurgan kezlari, fuqarolarning shikoyat va murojaatlaridan boshlanganini aytadi.

1980-yillar oxiri, 1990-yillar boshlarida muxolifatdagi "Birlik" xalq harakati va "Erk" demokratik partiyasi saflarida bo‘lgan.

1996 yildan hozirgi kunga qadar norasmiy O‘zbekiston inson huquqlari mustaqil tashkilotining a‘zosi.

BBC mehmoniga savollaringizni sahifamiz pastidagi forma orqali yo‘llang.

Suhbatni shanba kungi "Daraklar" dasturida tinglay olasiz, uning to‘liq matni bilan ushbu sahifada tanishishingiz mumkin.

Elektron pochtamiz manzili: uzbek@bbc.co.uk

--------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.


* to'ldirish shart bo'lgan qator

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.