BBC navigation

AQSh maktabdagi qirg‘in qurbonlariga motam tutmoqda

Сўнгги янгиланиш 17 декабр 2012 - 11:47 GMT

AQSh Prezidenti sodir etilgan qotillikdan "qattiq qayg‘uda"ligini bildirgan.

Konnektikut shtatidagi maktabda qurollangan kishining o‘t ochishi natijasida kamida 27 kishi halok bo‘lgan, ulardan 20 tasi bolalar ekani aytilmoqda.

AQSh Prezidenti Barak Obama mazkur qotillik yuzasidan "zudlik bilan" harakatga chaqirgan.

Obama o‘zining nutqida sodir bo‘lgan voqeadan "qattiq qayg‘u"daligini bildiradi.

Qotil deb gumon qilingan 20 yoshli Adam Lanza ismli shaxs o‘liklar orasidan topilgan. Politsiyaning aytishicha, u qotillikni sodir etgach o‘z joniga qasd qilgan bo‘lishi mumkin.

Adam Liza juma kuni uyida oldin o‘z onasini otib o‘ldirgan, so‘ngra Nyutoundagi Sendi-Xuk maktabiga borib atrofdagilarga to‘xtovsiz o‘q ochgani ma‘lum bo‘lgan.

Politsiyaga ko‘ra, 18 bola voqea joyida o‘ldirilgan, ikkitasi kasalxonada vafot etgan. Maktab sahnasida hujumchidan tashqari yana oltita insonning jasadi topilgan.

Qotillik maktabning ikki sinf xonasida yuz bergan va otishma bir necha daqiqa davom etgan.

Guvohlarga ko‘ra, ular o‘nlab o‘q ovozlarini eshitganlar. Maktab o‘qituvchilari sinfxonalarni yopib, o‘quvchilarni kiyimxona va burchaklarga yashirganlar.

O‘t o‘chiruvchilar maktab o‘quvchilaridan ko‘zlarini yumib, maktabdan tashqariga saf bo‘lib chiqishlarini so‘ragan.

Qurbonlar orasida tajribali maktab direktori ham bo‘lgani xabar qilinadi.

Sendi-Xuk boshlang‘ich maktabida 5 yoshdan 10 yoshgacha bolalar ta‘lim olishadi.

"Men bu yerda shunday hodisa haqida umuman tasavvur qilmaganman", deb aytadi uch bolasi maktabda bo‘lgan ota.

Yana bir o‘quvchi otasining aytishicha, Nyutaun aholisi bu shaharni Amerikaning eng tinch joylaridan biri deb hisoblashgan.

O‘q o‘tmaydigan kiyim kiygan Adam Linza kamida ikki to‘pponchadan foydalangani taxmin qilinmoqda.

Politsiya tomonidan uning opasi guvoh sifatida so‘roq qilinadi.

27 ming aholisi bo‘lgan Nyutaun shahrida qurbonlar xotira marosimi bo‘lib o‘tgan.

Dunyo mamlakatlari rahbarlari Konnektikut shtatidagi fojeadan chuqur qayg‘uga tushganlarini AQSh Prezidentiga bildirganlar.

Amerikada uch kunlik motam e‘lon qilinib, Vashingtonning Kapitol Xilida davlat bayroqlari yarim tushirilgan va 200 ga yaqin inson bino o‘ngida qurbonlar xotirasiga shamlar yoqishgan.

AQSh tarixidagi eng qonli ommaviy otishma ortidan qator siyosatchilar, shu jumladan Prezident Obama ham kelajakda bunday fojealarning oldini olish maqsadida Amerikaning qurolga oid qonunini o‘zgartirishga chaqirmoqdalar.

-----------------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.