BBC navigation

Toshkentda Mardikorlar kasaba tashkilotining yig‘ilishi bo‘lgan

Сўнгги янгиланиш 17 декабр 2012 - 12:15 GMT

O‘zbekistonning o‘zida millionlab mardikorlar borligi aytiladi.

Huquq faoli Abdulla Tojiboyevning xabar qilishicha, Toshkentdagi Qo‘yliq bozorida Mardikorlar kasaba uyushmasining birinchi ta‘sis majlisi o‘tkazilgan.

Anjumanda anchadan buyon rejalashtirib kelingan majlis raisi, kotibi, taftish qo‘mitasi raisi va yordamchilari saylab olingan.

17 mehnat muhojiri qatnashgan majlisda "Mustakil mardikorlarning profsoyuzi" raxbarligiga Nuriddin Jumaniyozov nomzodi bir ovozdan ma‘qullangan.

Faolga ko‘ra, tashkilot raisini saylash va Nizomini ko‘rib chiqish muhim vazifalardan hisoblangan.

Endigi vazifa tegishli hujjatlarni tayyorlab, Adliya vazirligiga topshirish va tashkilotni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘ladi.

Abdulla Tojiboy o‘g‘li boshchiligidagi faollar bir necha oydan buyon mardikorlarning mustaqil tashkilotini tuzish harakatida yurishgan edi.

Ular ko‘p marta mardikorlar bilan uchrashib, muammolarini hal qilishga uringan paytlarida militsiya xodimlari tomonidan ushlab ketilgan va jarimalarga tortilishgan.

Biroq militsiyaning o‘zi qonunga xilof ravishda ish tutgani bois, faollar biroz muddat ichki ishlar bo‘limlarida ushlanib, tushuntirish ishlaridan so‘ng qo‘yib yuborilgan.

Abdulla Tojiboyning aytishicha, bugun ularning yig‘ilishiga hech kim xalaqit bermagan. Huquq faoli militsiya xodimlari ularni ish beruvchi hisoblab, mardikorlar o‘rab olgach e‘tibor bermagan bo‘lishi mumkinligini aytadi.

Huquq faollari mardikorlarning huquqlari tashkilot tomonidan himoyaga olinmasa bu toifa kishilar jamiyatning eng himoyasiz va nochor qatlamiga aylanib qolganini ta‘kidlashadi.

"O‘zbekiston militsiyasi shu darajaga borganki, qiynalib pul topgan mardikorlarning ishlaganini shilib, o‘zlarini qamab qo‘ygan hollari ko‘p bo‘lgan. Bunga sabab mardikorlar o‘z huquqlarini, qonunni bilishmaydi", - deydi Abdulla Tojiboy o‘g‘li.

Tuzilajak yangi tashkilot ana shu masalalarni ma‘lum darajada hal qilinishiga yordam beradi deb umid qilinmoqda.

" O‘zbekiston Konstitutsiyasining 34 - moddasiga binoan har bir fuqaro kasaba ushmasiga a‘zo bo‘lishi mumkin. Bu qonunda ko‘rsatilgan va biz nodavlat tashkiloti tuzish huquqiga ham egamiz. Hozir sharoit shunday bo‘lib qoldiki, tashkilotni kim tuzayotgani va rahbarlik qilishiga qarab uni ro‘yxatdan o‘tkazadigan bo‘lishgan", deydi Abdulla Tojiboy o‘g‘li.

Shunga qaramay, huquq faoli tashkilotni ro‘yxatdan o‘tkazish, so‘ngra boshqa rejalar ustida harakat qilishni ma‘qul ko‘rmoqda.

O‘zbek hukumati mamlakatda ichkarisi va tashqarisida qancha ishsiz odam, mardikorlar borligini oshkor etmaydi.

Abdulla Tojiboyga ko‘ra, O‘zbekiston ichkarisida qariyb 4,5 million mardikor bor.

Tashqarida, birgina Rossiyada Markaziy Osiyoning asosan uch davlati, O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘izistonning millionlab fuqarolari tirikchilik tashvishida yuribdi.

----------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.
Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing. Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.