BBC navigation

Mo‘g‘ul Indiyami Boburiylar Hindistoni?

Сўнгги янгиланиш 18 декабр 2012 - 16:53 GMT

Ayrim eksponatlar ilk marta ko‘rgazmaga qo‘yilgan.

Britaniya Kutubxonasida Boburiylarning bir necha asrlik shavkatli hukmronligiga bag‘ishlangan ko‘rgazma ochildi.

Ko‘rgazma "Mo‘g‘ul Hindistoni" deb ataladi.

"Dunyo tarixida ko‘pgina erish va hattoki yanglish iboralar mavjud. Shulardan biri "Mo‘g‘ul Hindistoni". Gap shundaki, "Mo‘g‘ul Hindistoni" imperiyasining asoschisi shoh Zahiriddin Muhammad Bobur hech qachon o‘zini mo‘g‘ul deb atamagan. Temuriylar avlodidan bo‘lgan bu inson ona tomonidan Chingizxon avlodidan bo‘lganligi tufayli dunyo tarixiga "Mo‘g‘ul imperatori" yoki "Mo‘g‘ul imperiyasining asoschisi" deb kirgan", deydi yozuvchi Abdulhamid Ismoil.

Shuning uchun ham aksari ingliz tilida bo‘lgan va boshqa tillardagi tarixiy, siyosiy va boshqa asarlarda Boburiylar hukmronligi Mughal Empire - Mo‘g‘ul imperiyasi deb ataladi va bugungi kunda dunyoning aksar aholisi shunday tushunadi.

O‘rta Osiyo Chor Rossiyasi koloniyasiga aylantirilgan zamonlarda Temuriylarning tarixdagi o‘rniga katta e‘tibor qaratmaslik afzal ko‘rilgan.

Kommunistlar hukmronlikni qo‘lga olganlaridan keyin esa shoh yoki podshoh ijobiy shaxs deb ko‘rilishi mumkin emas, asosiy qahramon ishchi va dehqonlar, kambag‘allarning huquqlarini himoya qilgan, hukmdorlarga qarshi chiqqanlar bo‘lishi lozim edi.

Shu sababdan ham Sho‘ro zamonida atoqli o‘zbek adiblari Oybek, Odil Yoqubov va Pirimqul Qodirovlarning Hazrat Alisher Navoiy, Hazrat Ulug‘bek va Zahiriddin Muhammad Bobur va uning avlodlariga bag‘ishlangan tarixiy romanlarining dunyo yuzini ko‘rishi qiyinchilik bilan kechgan.

Pirimqul Qodirovning "Yulduzli tunlar" romani asar yozib bo‘linganidan keyin uni kitob holida nashrdan chiqarishga o‘n yildan ziyod vaqt ketgan.

O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan keyin jahon akademik faniga Boburiylar atamasini kiritish imkoni tug‘ildi, xalqaro anjuman va siyosiy minbarlarda bu masalani ko‘tarish O‘zbek olimlari va siyosatchilarining bugungi kundagi dolzarb vazifalaridan biri bo‘lib turipti.

Britaniya Kutubxonasidagi ko‘rgazmaga Boburiylar hukmronligi davriga oid qo‘lyozmalar, miniatyuralar, san‘at asarlari va boshqa buyumlar qo‘yilgan.

Ko‘pgina buyumlar ilk bor naamoyish etilmoqda, bu yerda Hindistonning so‘nggi Boburiy hukmdori Bahodirshoh II ning tojini ham ko‘rish mumkin.

бу ерга босинг Britaniya Kutubxonasidan Abdulhamid Ismoil lavhasi

----------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.