BBC navigation

Koka Kola shirkati Tojikistonga millionlab dollar yotqizish niyatida

Сўнгги янгиланиш 18 декабр 2012 - 13:11 GMT

Koka Kola mahsulotlari dunyoning 200 dan ortiq mamlakatida sotiladi.

Amerikaning gazli ichimliklar ishlab chiqaruvchi Koka Kola shirkati Tojikistonda o‘z faoliyatini boshlash uchun 30 million dollar kiritishga tayyorligini bildirgan.

Bu haqda Tojikiston davlat Xabar agentligi ma‘lum qilgan.

Bu qiymat keladigan 10 yilda yana oshishi mumkinligi aytiladi.

Shirkat Tojik bozorini anchadan buyon o‘rgangan va o‘z mahsulotini bu mamlakatda ishlab chiqarish qarorini bergan.

Koka Kola shirkatining xalqaro aloqalar bo‘yicha prezidenti Huseyn Akinga ko‘ra, Tojikistondagi hozirgi investitsion vaziyat yaxshilanib bormoqda.

Shu bilan birga aynan qanday loyihalar to‘g‘risida gap borayotgani aytilmagan.

Koka Kola ichimligi qachondan boshlab ishlab chiqarilishi ham hali noma‘lum.

Associated Pressning xabar berishicha, Tojikistonga Turkiyadagi Coca-Cola Icecek shirkati ham kirishga qiziqish bildirgan.

Coca Cola Icecek ayni paytda Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Turkmanistonda o‘z mahsulotlarini ishlab chiqaradi.

O‘zbekistonda esa 1991 yilda "Koka-Kola" bilan hamkorlik qilishni boshlagan Mansur Maksudiy va uning ukasi Farid koka kola ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishadi.

Koka Kola shirkatining bosh ofisidan o‘sha paytda 25 million aholisi bo‘lgan O‘zbekistondagi tijoratga katta ishonch bildirilgani aytiladi.

Islom Karimovning kuyovi bo‘lgan Mansur Maqsudiyning tijorati O‘zbekistonda hali hech kimga berilmagan imtiyozlar sharofati bilan rivojlanib borgan.

Shu tariqa 1994 yilga kelib Coca-Cola Bottlers Uzbekistan o‘zining asosiy raqibi - PepsiCo shirkatini O‘zbekistondan siqib chiqarishga erishadi.

Koka Kola shirkati O‘zbekistondagi eng yirik investitsiyachiga aylanadi.

Biroq 2001 yilda Karimova xonimning turmushidan ajralishi Koka-kolaning emas, Maqsudiy tijoratining O‘zbekistonda nuqta qo‘yilishiga sabab bo‘lgan.

Mansur Maqsudiy oilasiga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atiladi.

Ma‘lumotlarga ko‘ra, Koka-kolaning O‘zbekistondagi bugungi faoliyati prezidentning qizi Gulnora Karimova bilan bevosita bog‘liqdir.

Koka Kola mahsulotlari hozirda dunyoning 200 dan ortiq mamlakatida sotiladi.

---------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.


* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.