BBC navigation

Iroq Prezidenti koma holatida kasalxonaga yotqizilgan

Сўнгги янгиланиш 18 декабр 2012 - 15:06 GMT

Shifokorlarga ko‘ra,Jalol Talabanining ahvoli og‘ir, o‘zgarishsiz qolmoqda.

Iroq Prezidenti Jalol Talabani insultni boshdan kechirgani bois, kasalxonaga yotqizilgan, deb xabar beradi mamlakat ommaviy axborot vositalari.

Voqeadan xabardor noma‘lum manbalarning Fox News agentligiga xabar berishicha, prezident hali o‘ziga kelmagan.

Reyter agentligi shifokorlarga iqtibosan Jalol Talabanining ahvoli og‘ir, o‘zgarishsiz qolayotganini bildiradi.

18 noyabrda prezidentning shifokorlari unda "qattiq toliqish" holatini aniqlaganlar. Arteriya tomirlaridagi qisilish tufayli prezident hushidan ketgani aytiladi.

Iroq Prezidentining sog‘ligi oxirgi yillarda sezilarli yomonlashgani xabar qilingandi. Janob Talabani bir necha marta davolanish uchun horijga borishiga to‘g‘ri kelgan.

2007 yil u Iordaniyada kuchli toliqish va suvsizlikdan davolangan. 2008 yil AQShda Talibanining yuragiga jarrohlik amaliyoti o‘tkaziladi.

Jalol Talabani 2005 yil Iroq Prezidenti etib saylangan. Oxirgi paytlar bahsli hudud bo‘yicha hukumat va kurdlar o‘rtasida vositachilik ham qilgan.

Iroqda Saddam Hussayn ag‘darilib, o‘ldirilgandan so‘ng ham vaziyat notinchligicha qolmoqda. Deyarli har kuni mamlakat bo‘ylab o‘nlab insonlar halok bo‘lishi, portlashlar sodir etilayotgani xabar qilinadi.

Tobi qochgan rahbarlar

O‘tgan haftada AQSh Davlat kotibi Xillari Klinton yuqumli ichak kasalligi asorati keltirib chiqargan tana suvsizligidan hushidan ketib yiqilgani va boshi qattiq lat yegani aytilgandi.

Undan oldin Venesuela Prezidenti Hugo Chaves Kubada to‘rtinchi bor saraton o‘simtasini olib tashlattirgani xabar qilindi.

Biroq davlat rahbarlarining sog‘lig‘i to‘g‘risida doim ham to‘g‘ri va o‘z vaqtida ma‘lumot berilmasligi bois, ba‘zan o‘sha shaxs haqida mish-mishlarni ko‘payishiga sabab bo‘ladi.

O‘tgan oyda Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning sog‘ligi haqida ochiq aytilmaganligi uning "bel og‘rig‘i" ga matbuot va internet nashlarining qiziqishni oshirgan.

Janubiy Afrikaning sobiq prezidenti 92 yoshli Nelson Mandelaning "sog‘ligi yaxshi" degan xabarlar ortidan, uning o‘t qopida jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgani ma‘lum bo‘lgan.

Xabarlarga ko‘ra, Misrning sobiq prezidenti, bir umrlik qamoq jazosini o‘tayotgan Husni Muborak qamoqxona hammomida yiqilib tushib, boshidan jarohat oladi.

----------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.