BBC navigation

"O‘zbekiston Rossiyaning ittifoqchisi bo‘lib qoladi"

Сўнгги янгиланиш 18 декабр 2012 - 14:59 GMT

Janob Lavrov o‘z chiqishida Afg‘oniston va Markaziy Osiyo xavfsizligi masalasida gapirgan.

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning Toshkentga kelishi ikki mamlakat orasidagi munosabatlar sovuqlashgan paytga to‘g‘ri kelgani bois, ommaviy axborot vositalari bu safarga alohida e‘tibor qaratishgan.

Kollektiv xavfsizlik shartnomasidagi faoliyatini O‘zbekiston to‘xtatib turgani taassufli holat sifatida aytiladi.

Kuzatuvchilar fikricha, Moskva uchun Toshkentning ahamiyati katta. O‘zbekiston Rossiyaning ittifoqchisi bo‘lib qolaveradi. Kreml vakili aynan Kollektiv Xavfsizlik shartnomasi a‘zolari sammiti oldidan O‘zbekistonga kelgani ham bejiz emas.

Prezident Putin esa sobiq ittifoq hududlarida Rossiya ta‘sirini kuchaytirishga intilmoqda.

Kollektiv xavfsizlik shartnomasi va yo Bojxona ititfoqi kabi tashabbuslar aslida shu maqsadni ko‘zlaydi.

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning Toshkentga ikki kunlik safari boshlanar ekan, Rossiyaning Regnium axborot agentligi "Lavrovning bu safarida albatta MTSning "O‘zdunrobita" shirkati haqida muhokamalar bo‘lishi tayin", deb yozadi. Shuningdek, Rossiyaga eksport qilingan O‘zbek avtomobillarining utilizatsiya masalasi ham muhim hisoblanadi. Toshkentning g‘azabini qo‘zg‘agan, biroq Moskva dastaklagan Tojikiston va Qirg‘izistondagi gidroenergetika loyihalari haqida so‘z borishi shubhasiz, deydi.

Ikki mamlakat o‘rtasida sovuqlashgan munosabatlar manzarasida O‘zbekistonning KXT tarkibidan chiqishi halokatli bo‘lmasa ham, Moskva uchun yoqimsiz ekanligi keltiriladi.

Afg‘onistondan xalqaro kuchlar olib chiqilgach, mintaqadagi xavfsizlikni ta‘minlash uchun O‘zbekistonga kuchli hamkor kerak bo‘lishi tabiiy. Bu borada Karimov AQShga xayrixohlik bildirayotgani sir emas. Bu esa Rossiyaga yoqmaydi. Shu boisdan Rossiya ham ba‘zi bir masalalarda vaziyatni yumshatishga harakat qilayotgan ko‘rinadi. O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi strategik iqtisodiy aloqalar yig‘ilishida Qambarota GESi bo‘yicha tekshiruv o‘tkazilishiga kelishuv shunday fikrga kelishga asos beradi.

Balki Kollektiv xavfsizlik tashkilotining ikki kundan keyin bo‘ladigan sessiyasida yana boshqa kutilmagan yangiliklarni eshitish mumkin bo‘ladi, biroq bu uchrashuv o‘zbek rasmiylari va‘da qilganidek faqat Lavrov uchun emas, Karimov uchun ham murakkab bo‘lganligi ayon, deydi Regnium agentligi.

"Nezavisimaya gazeta"si "Lavrov Karimovning og‘riq nuqtalarini bosadi" degan maqola chop etgan. Unda O‘zbekiston Rossiya bilan strategik hamkorlik qiladigan eng murakkab davlatligi ekani, Moskvaning ishonchli hamkor sifatida Toshkentni jalb qilish harakatlari muvaffaqiyatsiz tugayotgani aytiladi. Lekin bu bilan Toshkent o‘zini izolyatsiya qilmoqchi emas, u islomiy qarashdagi Turkiya bilan ham aloqalarda ehtiyotkor, deb yozadi ro‘znoma.

Lenta.ru saytiga ko‘ra, Rossiya O‘zbekistondagi tashqi savdo bo‘yicha yirik hamkor bo‘lib qolar ekan, Rossiya kapitali bilan ish yuritayotgan korxonalar, ularning ishonchli faoliyat olib borish masalasi doim muhimdir. O‘zbekistonda Rossiyaning kapitali bilan 858 korxona mavjud bo‘lib, undan 716 tasi qo‘shma korxonalar, 142 tasi to‘liq Rossiya kapitaliga qaragan xorij korxonalaridir.

RIA Novosti.ning xabar berishicha, prezident Islom Karimov Rossiya bilan strategik aloqalarni mustahkamlash tarafdori ekanligini bildirgan.

Seshanba kungi uchrashuvida Islom Karimov "hozir xavfsizlik masalasi juda muhimligi bois, ikki tomonlama muzokaralarning asosida ham shu masala turibdi" deb aytgan.

Janob Karimov Afg‘onistondagi vaziyatdan, shuningdek butun Markaziy Osiy mintaqasi xavfsizligi borasida xavotirlarini izhor etgan. Uning fikricha, bu mintaqada "optimistik bashoratlar ko‘rinmaydi".

Shanxay hamkorlik tashkilotining Info Shos internet nashri Rossiya tashqi ishlar vazirining safaridan so‘ng prezident Vladimir Putin ham O‘zbekistonga tashrif buyurishi mumkinligi haqida yozadi.

Sergey Lavrov o‘z nutqida Rossiya va Markaziy Osiyo davlatlari narkotrafik va terroristik xavfga qarshi birgalikda kurash olib borish kerakligini ta‘kidlagan. "Rosbalt" agentligining xabar berishicha, Sergey Lavrov Afg‘oniston bilan chegarani mustahkamlash tashabbusi bilan chiqadi.

O‘zbekiston matbuoti ham o‘z navbatida Sergey Lavrovning Toshkentga safari ikki tomon uchun ham foydali natijalarni va‘da qilganini bildirgan.

----------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.