BBC navigation

"Eski dushmanlar bir davrada ilk bor to‘plandilar"

Сўнгги янгиланиш 19 декабр 2012 - 12:25 GMT

Afg‘oniston Tolibonining rahbarlari o‘zlarining Shimoliy Ittifoqdagi ashaddiy dushmanlari bilan Frantsiya poytaxti Parijda uchrashmoqdalar.

Ikki kunlik muzokaralarni Frantsiyadagi yirik tahlil markazi tashkillashtirgan, muloqotlarda Afg‘onistonning NATO yetakchiligidagi qo‘shinlar tark etganidan keyingi kelajagi masalalari muhokama etiladi.

BBC Afg‘on hukumati tayyorlagan hujjat nusxasini qo‘lga kiritgan, bu hujjatda 2014 yilda NATO qo‘shinlari Afg‘onistonni tark etganidan keyin isyonkorlarni hokimiyat tarkibiga kiritishga doir besh qadam belgilab berilgan.

"Bu eski dushmanlarning bir davrada ilk bor to‘planishlaridir", deydi BBCning Kobuldagi muxbiri Bilol Sarvariy.

Bu davrada Tolibon rahbari Mullo Umarning vakillari, bugun mamlakatning yirik siyosiy muxolifatiga aylangan sobiq Shimoliy Alyansning yetakchilari hamda Prezident Homid Karzay hukumatining yuqori lavozimdagi vakillari jam bo‘lganlar, ularning soni 20 tachani tashkil etadi.

Tahlilchilar fikricha, bu yopiq eshiklar ortidagi muloqotda juda muhim kelishuvlarga erishib bo‘lmasa-da, bu uchrashuv Tolibonning Afg‘oniston kelajagi yo‘lida muloqotni istashining alomatini ko‘rsatgani bilan ahamiyatlidir.

Ayni paytda Kobul jangarilarni hukumatga olib kirishdek ulkan rejasini e‘lon qilgan, bu 2014 yil oldidan sulhga erishish yo‘lidagi qadamlardan deb ko‘rilmoqda.

Olti sahifadan iborat reja noyabr oyida hukumatning Oliy Tinchlik kengashi tomonidan ishlab chiqilgan edi.

Tinchlik Jarayoni Yo‘l xaritasiga ko‘ra, 2015 yilga borib, "Tolibon, Hizbu-Islomiy va boshqa jangari guruhlar qurolli qarshilik ko‘rsatishni to‘xtatadilar".

Yo‘l xaritasining uchinchi bosqichi 2013 yilning ikkinchi yarmiga mo‘ljallangan, unda o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvlariga erishish va Tolibon hamda boshqa qurolli guruhlarning siyosiy partiyalarga aylanib, saylovlarda ishtirok etishini ko‘zda tutadi.

Olti sahifalik hujjatga binoan, Tolibon "davlatning qudrat tizimlarida ishtirok etadi, jumladan turli darajadagi saylanmaydigan lavozimlar ularga beriladi".

Bu Tolibon a‘zolarining hukumat tarkibida bo‘lishlari hamda viloyat hokimlari lavozimlarini egallashlarini nazarda tutadi.

Bu Tolibon dastagi kuchli bo‘lgan Janubiy Afg‘onistondagi hokimlik lavozimlari Tolibon vakillariga berishini anglatadi.

Ekspertlarga ko‘ra, yo‘l xaritasida 2015 yilga borib tinchlikka to‘la erishish stsenariysi chizib berilgan, biroq buning amalga oshishi ehtimoli kam.

---------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.