BBC navigation

Oxirzamon vahimalarini tarqatgan 1000 odam hibsga olingan

Сўнгги янгиланиш 20 декабр 2012 - 17:28 GMT

Xitoy politsiyasi hibsga olgan odamlarning soni 1000 ga yaqinlashgan.

Xitoy davlat matbuoti xabar qilishicha, dunyo tamom bo‘lishiga ishonadigan sekta a‘zolarini hibsga olish davom etgan.

Shu hafta davomida Xitoyning turli hududlarida ovoz kuchaytirgichlar bilan ko‘chalarda gapirib, varaqa tarqatib yurgan insonlar hibsga olindi.

O‘zlarini "Qodir Xudo" (Almighty God) guruhi deb nomlagan nasroniylar guruhining qariyb 1000 a‘zosi hibsga olingan.

Xitoy matbuoti guruhni "iblisona" deb ta‘riflagan, bunday ta‘rif Xitoyda taqiqlangan Falungun guruhiga ham berilgan.

Bu sekta 21 dekabr juma kuni uch kunlik zulmat boshlanishiga ishonadi va o‘z a‘zolarini kommunizni yiqitishga chaqirgan.

Bu oqimning tarafdorlari Mayya qabilasining hisob taqvimi 21 dekabrda oxiriga yetishiga, bu esa dunyo tugashini anglatishiga ishonadilar.

Ma‘lum bo‘lishicha, Xitoyda 2012 yilning 21 dekabrida "oxirzamon bo‘larmish" degan bema‘ni gapga ishonadiganlarning soni salmoqli ekan.

Liu Kyuan suvda cho‘kmas 7 ta qutqaruv doirasini yasagan.

Ana shu narsa Xitoyda "2012" deb nomlangan badiiy filmni eng kassasi chaqqan filmga aylantirgan.

BBC muxbiriga ko‘ra, dunyo tugashiga ishonadiganlar faqat Almighty God guruhi a‘zolarigina emas.

Xebey viloyatilik bir fermer ichiga 14 odam sig‘adigan 7 ta qutqaruv doirasini yasagan.

Shisha tola materialidan yasalgan bu moslamalar suvda suza olishi mumkin, to‘fondan omon qolishi mumkin.

Frans Press axborot agentligi bilan suhbatida Liu Kyuan, "agar chindan ham qiyomat qoyim yuz beradigan bo‘lsa, men insoniyatni qutqarib qolishga o‘zimning hissamni qo‘shdim, deb ayta olaman", deb aytgan.

Odamlar orasidagi vahimani pasaytirish maqsadida Pekin politsiyasi internetda e‘lon bergan.

"Dunyo tugashi haqidagi gaplar mishmishdir", deyiladi e‘londa.

----------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.