BBC navigation

''Bosh vazir xalqni gazsiz qoldirgani uchun jazolanadi''

Сўнгги янгиланиш 20 декабр 2012 - 19:02 GMT

Qirg‘iziston Bosh vaziri Jontoro Sotiboldiyev Jokorgu Kenesh majlisida gaz va svet bilan bog‘liq ahvol uchun xalqdan kechirim so‘rashga tayyor ekanini aytgan.

"Men yuzaga kelgan vaziyat uchun mas‘uliyatni to‘liq o‘z bo‘ynimga olishga roziman, agar xalqdan kechirim so‘rash kerak bo‘lsa men kechirim so‘rayman", deydi u .

Hukumat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, "agar sovuq yana shu tarzda davom etsa, bundan ham murakkab vaziyat yuzaga kelishi mumkin".

"Biz isitishning boshqa yo‘llarini ham ko‘rishimiz lozim", - deb hisoblaydi bosh vazir.

Deputatlarning hukumat rahbari iste‘fo berishga rozimi? - degan savoliga bosh vazir "Men har doim konstitutsion huquqimdan foydalanishim mumkin", deya javob qaytargan.

Deputat Toshpo‘lat Boltaboyev bosh vazirni oylik ish haqqidan mahrum qilish taklifini beradi.

"Bu vaziyatga aloqador barcha shaxslar, jumladan bosh vazirni ham oylik ish haqqidan ayrish kerak. Agar hech bir qaror qabul qilinmasa, biror bir o‘zgarish bo‘lmasa, kelinglar ularni oyliklarini bermaymiz", - deb aytadi deputat.

Jontoro Sotiboldiyevga ko‘ra esa, uni va boshqa rahbarlarni oyligini bermaslik muammoni hal qilmaydi.

Bosh vazir takidlashicha, gaz va svetga mas‘uliyatli shaxslar javobgarlikka tortiladi. " Agar bugun ularni ishdan olib tashlansa, yangi keladigan yaxshi ishlaydi, degani emas. Agar men ularni vazifasidan bo‘shatsam, ertaga yaxshi bo‘ladigan bo‘lsa, buni bugunoq qilgan bo‘lardim. Men buni kecha ham qilishim mumkin edi, lekin darrov yaxshi bo‘lishiga menda ishonch yo‘q. Mas‘uliyat qish mavsumi yakunlariga qarab beriladi", - degan janob Sotiboldiyev.

Parlament fraktsiyasi yetakchilari Bishkekdagi gaz va svet ahvoli haqida xalqdan kechirim so‘rashni xohlashmagan.

"Kyrgyzgaz" shirkatining "KazMunayGaz" ga o‘tgan yil va bu yil uchun million-million dollar qarz bo‘lib qolgani sababli Qirg‘iziston shimolini gaz bilan ta‘minlashda uzilish yuzaga keladi. Bu holat aynan qor tushgan kunlariga to‘g‘ri kelishi odamlar ahvolini og‘irlashtirgan.

Oldinroq, Qirg‘izistonda kuchli ayoz boshlanganligi "KazTransGaz" tomonidan gazni yetkazib berishga ta‘sir qilgani aytilgan edi.

Bishkek shahri va atrofidagi minglab aholi gaz va elektr energiyasiz qolgan. Qirg‘iziston va Qozog‘iston bosh vazirlarining telefon orqali muzokaralaridan so‘ng seshanba kuni masala ijobiy hal qilingani bildiriladi.

----------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.