BBC navigation

Qirg‘iz deputati: chegara muammolari diplomatik yo‘lda yechilishi kerak

Сўнгги янгиланиш 15 январ 2013 - 15:02 GMT

O‘zbekistonning Qirg‘iziston hududidagi So‘x anklavidan xabarlar olish va ularni tekshirish mushkul qolmoqda.

O‘tgan hafta o‘ndan ortiq qirg‘izning so‘xliklar tarafidan qisqa muddat garovga olinishi ortidan kelib chiqqan mojaro haligacha rasmiy yakunini topmagan.

Ma‘lum bo‘lishicha, So‘x aholisi va hudud atrofida istiqomat qiluvchi qirg‘izlar chegara nuqtalarini yopiq qolayotganidan aziyat chekishmoqda.

O‘tgan hafta oxirida Qirg‘iziston parlamenti hay‘ati mamlakatning So‘xga yaqin hududlariga safar qilib, vaziyatni o‘rgangan.

Hay‘at tarkibida bo‘lgan deputat Nodira Normatova O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida oliy darajali diplomatik muzokaralar o‘tkazishga chaqirgan.

Bi-bi-si Normatova xonimdan Botken viloyatining chegaraga tutash yerlarda aholi naqalar zich yashashi va ikki tomonda joylashgan qishloqlar chegaraga qanchalar yaqinligi borasida so‘ragan.

Nodira Normatova: U yerda chegarani qo‘riqlayotgan askarlarimiz garnizoni bor. Chegaraga tutash Chorbog‘ qishlog‘ida o‘ndan ortiq xonadon joylashgan. Umuman, qishloq So‘x anklavi bilan chegaradosh. O‘rtadan o‘tgan yo‘l esa, har ikki mamlakatga ham tegishli. Undan ikki tomon aholisi foydalanadi. Bu juda achinarli. Chunki, o‘sha yo‘lning faqat ikki metri O‘zbekiston tarafiga o‘tkazilgani uchun u yerda 6ta simyog‘och o‘rnatish ehtiyoji vujudga kelgan.

Bi-bi-si: So‘x anklavi atrofida so‘nggi haftalar kuzatilgan mojaroni qanday izohlaysiz? Kelajakda bu kabi ziddiyatlarning oldini qay yo‘sin olish mumkin?

Nodira Normatova: Ushbu voqea davlatimiz mustaqilligini hurmat qilmaslik, qolaversa, yaxlitligini oyoqosti qilish uchun bahona bo‘lgan. Va bir davlat ikkinchi bir mamlakatni haqorat qilganligi desak ham mubolig‘a bo‘lmaydi. Davlat tepasida turgan Prezident va Bosh vazirimiz rahbarligida, parlament ishtirokida ikki tomon o‘rtasidagi masala diplomatik muzokaralar yo‘li bilan yechilishi lozim. Va xuddi shu asosda muammoni bartaraf etish va unga batamom nuqta qo‘yish vaqti keldi, degan fikrdaman.

Bi-bi-si: Chegara muammolarini hal qilishga qaratilgan diplomatik muzokaralar oldin ham tashkil qilingan va bu borada anchayin sa‘y-harakatlar olib borilgandi. Ammo, ular samara bermagan va vaziyat bugungi holatga tushib qolgan emasmi? Sizningcha, yana qanday diplomatiya bo‘lishi kerak?

Nodira Normatova: Diplomatik muzokaralar yuritishda, u O‘zbekiston tomoni bilan bo‘ladimi, Tojikistonmi, eng avvalo teng huquqli taraf o‘laroq muzokaralarga ishtirok etishimiz shart. Meni afsuslanishga majbur qilayotgan bir jihat - yigirma yildan ortiq vaqt davomida chegara muammolariga javobgar arboblarimiz o‘z vazifalarini maromiga yetkazib bajarmay kelgani. Xuddi shu sabab, chegara masalalarida ahvol shu darajaga yetgan. Endi biz Qirg‘iziston hududidagi O‘zbekiston anklavlari taqdirini va munozarali chegara masalalarini hukumatlararo komissiyasiga topshirmasdan, oliy darajadagi diplomatik muzokaralar orqali hal etishimiz.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Алоқадор мавзулар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.