BBC navigation

Afg‘oniston Josuslik Xizmati binosi nishonga olindi

Сўнгги янгиланиш 16 январ 2013 - 16:42 GMT

Nishonga olingan hudud har doim odamlar bilan gavjum bo‘ladi

Kobul rasmiylarining BBCga ma‘lum qilishlaricha, xudkush hujumchilar Afg‘oniston Milliy Josuslik Xizmatiga tegishli binoni nishonga olishgan.

Hujum chog‘i 6 hujumchi va Afg‘oniston xavfsizlik xizmati xodimi o‘ldirilgan.

Kamida 17 kishi jarohatlangan.

Politsiyaning bildirishicha, kichik avtobusda joylangan portlovchi vositalar ishga solingan.

Biroq, aytilishicha, yana bir mashinaga qo‘yilgan bomba zararsizlantirilgan.

Kobulda qator yuqori darajali hujumlarni uyushtirib kelayotgan Tolibon bugungi xudkushlik amaliyoti mas‘uliyatini ham zimmasiga olgan.

BBC muxbiri Bilol Sarvariyga ko‘ra, nishonga olingan hudud har doim pasport va kimlikni tasdiqlovchi hujjatlar olish uchun keladigan odamlar bilan gavjum bo‘ladi.

Josuslik Xizmati boshlig‘i General Zohir Zohir hozir vaziyat nazorat ostida ekani va tozalash amaliyoti yakunlanganini ma‘lum qilgan.

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.
Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing. Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.