BBC navigation

Turkiya Bosh vaziri 8 yashar jajji "jurnalist"ga intervyu berdi

Сўнгги янгиланиш 17 январ 2013 - 13:34 GMT

Hale: "Farzandlaringiz nechta, Toyib amaki?"

Turkiya Bosh vaziri Rajab Toyib Erdo‘g‘an uchun jurnalistlar bilan muloqot - deyarli har oy kun tartibida turadigan masalalardan biri.

Bu gal Bosh vazirdan intervyu olgan "jurnalist"ning yoshi sakkizda va bu uning uy vazifasi ekan.

Anqaradagi maktablarning birida tahsil oladigan ikkinchi sinf o‘quvchisi Hale Xancherkiran Bosh vazir bilan parlament yig‘inidan avval uchrashib, undan uy vazifasini bajarishda yordam so‘radi.

Uy vazifasi "Siyosatchi bilan intervyu" deb nomlangan edi va Erdo‘g‘on janoblari bu taklifni qabul qildi.

"Farzandlaringiz nechta, Toyib amaki?"

Qizaloqning bu birinchi savoliga Erdo‘g‘on janoblari: "Ikki o‘g‘il va ikki qizning otasiman", deb javob berdi.

Shundan keyin, Hale: "Bosh vazir bo‘lish osonmi", deb so‘radi.

Bosh vazirlik muhim va ma‘suliyatli vazifa ekanini aytarkan, Erdo‘g‘on janoblari bu bilan vatan va xalqqa xizmat qilish ham sharafligini ta‘kidladi.

Qizaloqni yana qiziqtirgani shuncha ma‘suliyatli ish bilan ham nima uchun Erdo‘g‘on janoblari "charchab qolmasligi" bilan bog‘liq savol edi.

Bosh vazir biror zararli odati yo‘qligi, ichmasligi va chekmasligini aytdi. O‘z ishidan ortmasligini ham e‘tirof etdi.

Hale Bosh vazirning shuncha ishu tashvishdan ortib farzandlarga qanday vaqt ajrata olishi bilan qiziqdi.

Bosh vazir bolalaridan uch nafari o‘z oilasiga ega ekani, hozir uning hatto uch nafar nabirasi ham borligini ma‘lum qildi.

Sakkiz yashar yosh "jurnalist" suhbatdan keyin Bosh vazirdan qo‘g‘irchoq sovg‘a oldi.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.