BBC navigation

Freedom House: "Markaziy Osiyo dunyoning eng repressiv mintaqasiga aylangan"

Сўнгги янгиланиш 17 январ 2013 - 12:17 GMT

Putinning prezidentlikka qaytishi mintaqada "repressiyalarning yangi davri"ni boshlab bergan

AQShning "Fridom Xaus" nodavlat tashkiloti sobiq sovet hududi va Markaziy Osiyoni "dunyodagi eng repressiv mintaqalar" deb atagan.

Tashkilotning chorshanba kuni e‘lon qilingan yangi hisobotida erkin bo‘lmagan davlatlarning "eng yomonlari" ro‘yxatiga sobiq SSSRdan O‘zbekiston va Turkmaniston kiritilgan.

Hisobotda aytilishicha, dunyoda siyosiy erkinliklarning ahvoli yomon bo‘lgan 47 davlatdan 9 tasida vaziyat juda ham yomon.

"Fridom Xaus" O‘zbekistonni Shimoliy Koreya va Sudan kabi davlatlar bilan bir qatorga qo‘ygan.

Bu yilgi hisobotda dunyoning 195 davlatidagi iqtisodiy va siyosiy erkinliklarning ahvoli tahlil etilgan.

Tashkilotga ko‘ra, 2012 yilda sobiq sovet davlatlarida inson haqlari va demokratiyaning ahvoli sezilarli darajada yomonlashgan.

"Repressiyalarning yangi davri"

"Fridom Xaus" ekspertlarining fikricha, Vladimir Putinning uchinchi muddatga prezidentlikka qaytishi "repressiyalarning yangi davri"ni boshlab bergan.

"Rossiya yetakchiligida, deyiladi hisobotda, Avrosiyo mintaqasi hozirda dunyodagi eng repressiya mintaqa sifatida Yaqin Sharq bilan bellashadi".

Tashkilotga ko‘ra, Boltiqbo‘yi davlatlari xorij, sobiq SSSR hududi dunyoning "erkin bo‘lmagan submintaqasi" ga aylangan.

Ularning ko‘pchiligida yakkahokim tuzumlar hukmron.

"Fridom Xaus" 2012 yilda Armaniston va Gurjistonda ayrim ijobiy o‘zgarishlar bo‘lgani, Rossiya, Ukraina, Qozog‘iston va Tojikiston esa inson haqlari va demokratiya sohasida orqaga ketganini aytgan.

Hisobot O‘zbekistondagi vaziyatga batafsil to‘xtalmagan, uning qisqa mundarijasidan anglashilishicha, Markaziy Osiyoning aholisi eng ko‘p davlatida vaziyat barqaror yomonligicha qolmoqda.

Tashkilot so‘nggi bir necha yilda O‘zbekistonni "yomonlarning yomoni" ro‘yxatiga kiritib keladi.

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.
Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing. Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.