BBC navigation

Amnistiya: faol ishini davom ettirsa, "qamoqda chirish"i aytilgan

Сўнгги янгиланиш 17 январ 2013 - 16:51 GMT

Амнистия: фаол ишини давом эттирса, "қамоқда чириш"и айтилган

Ўзбекистон матбуотида Конституциянинг 20 йиллиги муносабати билан эълон қилинган амнистия қандай тадбиқ қилинаётгани ҳақида мақолалар чиқмоқда. Бу йил озод қилинганлар орасида чинозлик инсон ҳуқуқлари фаоли Гулноза Йўлдошева ҳам бор.

Тинглашmp3

Муқобил медиа плейерда ўйналсинми

O‘zbekiston matbuotida Konstitutsiyaning 20 yilligi munosabati bilan e‘lon qilingan amnistiya qanday tadbiq qilinayotgani haqida maqolalar chiqmoqda.

Maqolalarda amnistiya insonparvarlik asosida qo‘llanayotgani aytiladi. Biroq O‘zbekistonda ko‘plab muxolifat faollari, yozuvchilar va mustaqil jurnalistlar, xatto ba‘zilarining salomatligi og‘ir holdaligiga qaramay, bu kabi insonparvarlikdan mustasnolar.

Dekabr oyida 74 yoshli taniqli adib Mamadali Mahmudov qamoqxonada boshidan jarohatlangani ma‘lum qilingan. Uning 14 yillik qamoq muddati shu yil fevralida nihoyasiga yetishi kerak, ammo hozircha uning avf etilishi borasida ishora berilmagan.

Gulnoza Yo‘ldosheva adolatga erishishiga O‘zbekiston prezidenti yordam berishiga ishonadi.

Taniqli jurnalist Hayrulla Hamidovga nisbatan amnistiya qo‘llanmasligi haqida ham xabarlar olingan.

O‘tgan oy, shuningdek, O‘zbekiston parlamentining sobiq deputati, "Erk" partiyasi faoli Murod Jo‘rayevning qamoq muddati yana uzaytirilgani ma‘lum bo‘lgan. U O‘zbekistonda eng uzoq muddat tutqunlikda bo‘lgan siyosiy mahbusdir. U 1994 yilda davlat to‘ntarishiga urinishda ayblanib qamalgan.

Ammo, bu yil ozod qilinganlar orasida chinozlik inson huquqlari faoli Gulnoza Yo‘ldosheva ham bor.

Qozog‘istonda qullikka tushgan aka - ukalari uchun adolat izlab, mahalliy mulozimlar bilan ziddiyatga uchragan 26 yoshli faol o‘tgan yili ta‘magirlikda ayblanib qamalgandi.

Faolning aytishicha, Chinoz shahri huquq-tartibot organlari unga o‘z faoliyati tufayli qamalayotganini ochiq aytishgan va agar o‘z faoliyatini to‘xtatmasa, "qamoqda chiriysan" deya tahdid qilganlar.

BBC Gulnoza Yo‘ldoshevaga bog‘lanib, u qay holda amnistiyaga tushgani haqida so‘radi.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.