BBC navigation

Tojikistonda Facebook ka yana to‘siq qo‘yildi

Сўнгги янгиланиш 17 январ 2013 - 11:40 GMT

So‘ngggi bir yilda Tojikistonda Facebook ka uchinchi marta to‘siq qo‘yilmoqda

Tojikistonda Facebook ijtimoiy tarmoq sahifasi to‘sib qo‘yilgan.

Shuningdek, AQSh tomonidan moliyalanadigan "Ozod Ovro‘po-Ozodlik radiosi"ning tojik xizmati ham payshanba kuni tongda to‘siq qo‘yilgan websaytlar ro‘yxatida bo‘lgan.

Mahalliy internet provayderlari ushbu web sahifalarga kirish Tojikiston Aloqa xizmatining ko‘rsatmasiga binoan cheklab qo‘yilganini aytishgan.

Ammo rasmiylar bunday ko‘rsatma mavjudligini rad etishmoqda.

"Aziya Plyus" xabar agentligiga ko‘ra, bir necha mahalliy provayderlar bu haqda og‘zaki ko‘rsatma berilganini aytishgan.

Bu so‘nggi bir yil mobaynida eng ommabop ijtimoiy tarmoq sahifasining Tojikistonda uchinchi marta blok qilinishi.

Oxirgi marta Facebook ka kirish o‘tgan yilning 26 noyabridan 7 dekabriga qadar cheklab qo‘yilgandi.

Cheklov Ovro‘po Ittifoqi va AQShning tanqidlaridan so‘ng bekor qilingan.

O‘shanda Tojikiston Aloqa xizmati rahbari Beg Zuhurov Facebook "jamoatchilik iltimosiga binoan" yopib qo‘yilganini aytib, tojikistonlik ayrim foydalanuvchilarni mamlakatdagi "hurmatli shaxslarni haqoratlash"da ayblagan.

Saylovlar

Facebook ka so‘nggi cheklov ijtimoiy tarmoq sahifasida isyonchi polkovnik Mahmud Xudoyberdiyevning suratlari chop etilishi ortidan joriy etilmoqda.

Shu hafta boshida tojikistonlik taniqli jurnalist va muxolifatchi Dodojon Atovulloyev Facebookdagi sahifasida Xudoyberdiyevning yangi suratlarini chop etgan.

Rasmiy Dushanbe Prezident Rahmonga muxolifatda bo‘lgan polkovnikning O‘zbekistonda yashirinayotganiga ishonadi.

BBC bilan suhbatda Dodojon Atovulloyev isyonchi polkovnikning suratlari 2012 yil bahorida tojik jurnalisti tomonidan Tojikistonning Anzob dovonida olinganini aytgan.

Tahlilchilar Facebook va yana bir qator saytlarning to‘sib qo‘yilishini mamlakatda yaqinlashib kelayotgan prezidentlik saylovlari bilan bog‘lashmoqda.

Imomali Rahmon fuqarolar urushini boshdan kechirgan Tojikistonni 20 yildan buyon boshqaradi va osonlik bilan yana bir muddatga saylanishi kutilmoqda.

Shunday bo‘lsa-da, tahlilchilarga ko‘ra, Rahmon hukumati saylovlar arafasida muxolifat namoyandalarining faollashuvidan "asabiylashayotgani" kuzatiladi.

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.
Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing. Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.