BBC navigation

Qirg‘iziston muftiyati: "Mobil telefon va elektron pochta orqali yuborilgan taloq mashru‘"

Сўнгги янгиланиш 18 январ 2013 - 13:16 GMT

Qirg‘iziston muftiyati mobil telefon va elektron pochta kabi vositalar orqali taloq xabarini yuborish mashru‘ hisoblanishi haqida fatvo chiqargan.

Ushbu fatvoda bu yo‘lda taloq berishning shartlari ham aytib o‘tilgan.

BBC bilan suhbatda Qirg‘izsiton muftiysi Rahmatullo xoji Egamberdiyev oxirgi vaqtlarda telefon va elektron pochta orqali yuboriluvchi taloqlar haqida ko‘plab savollar kelib tushayotgani bu kabi fatvoni chiqarishga ehtiyojni tug‘dirgani haiqda aytdi.

Rahmatullo xoji Egamberdiyev: Shuning uchun bizning fatvo bo‘limimiz bu haqda fatvo chiqarishga qaror berdi. Aslida taloqning ikki jixati bor, arab tilida ulardan biri marsuma va boshqasi mustabina. Marsuma bu taloqning kimgadir kimdandir aniq yo‘naltiriligan bo‘lishi kerakligini anglatadi. Mustabina esa xabarni yozganda ashyoviy shaklda qolishi mumkin bo‘lgan jihatidir, masalan qalam bilan qog‘ozga yozganda. G‘ayri mustabina shakli esa masalan, havoga, suvga, parlangan derazaga yozilib, keyinchalik o‘chib ketadigan shaklidir. Xullas ana shu ikki jihatga, marsuma bilan mustabinaga rioya qilingan bo‘lsa, ya‘ni taloq mobil telefon orqali yuborilib, lekin yuborilgan shaxsi aniq bo‘lsa, hamda bu taloq niyat bilan aytilgan bo‘lsa, u mashru‘ hisoblanadi. Lekin birovning telefonidan, adashib boshqa birovga yuborilgan taloqlar haqiqiy hisoblanmaydi.

BBC: Bu kabi yo‘lda yuborilgan taloqlar bilan muammolar ko‘plab uchrab turadimi?

Rahmatullo xoji Egamberdiyev: Birovning telefonidan yuborilgan taloqlar yuzasidan muammolar uchrab turadi. Masalan, Rossiyaga ishlashga ketgan qirg‘izistonliklardan kelib tushgan taloqlar. Shunday bir hodisa bo‘lgan, Rossiyada ishlab, o‘sha yerda boshqa bir ayol bilan yashayotgan kishining ayoli uning telefonini olib birinchi xotiniga taloq xabarini yuborgan. Birinchi xotini iymanib, eridan tafsilotlarni so‘ramagan.

BBC: Bu masalaning ko‘tarilayotganining o‘zi shu yo‘lda berilgan taloqlar natijasida ajrashishlar ko‘payotganidan dalolat beradimi?

Rahmatullo xoji Egamberdiyev: Albutta bu kabi tendentsiya bor. Bu dinga emas, muhojirlik miqyoslari kengayshi ortidan kelib chiqayotgan jihatlardir. Xavotirli yeri shuki, taloqning masu‘liyati, jiddiyligi va ma‘nosini tushunmasdan, aytib qo‘yayotgan yoshlar soni ko‘paymoqda. Shuning uchun biz imomlarmizga taloq haqida yoshlarmizga ko‘proq tushuntirish va izoh berish kerakligini aytib kelganmiz.

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.
Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing. Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.