BBC navigation

Kobulda isyonchilar yo‘l politsiyasi binosiga hujum qilishdi

Сўнгги янгиланиш 21 январ 2013 - 14:32 GMT

Politsiya kuchlari yo‘l politsiyasi binosini har tomondan o‘rab olishgan

Dushanbaga o‘tar kechasi Tolibon isyonchilari Kobul g‘arbidagi Afg‘oniston yo‘l politsiyasi idorasiga hujum qilganlar.

Tahlilchilarga ko‘ra, ushbu hujum yirik amaliyotning ibtidosi bo‘lishi mumkin.

Tongga yaqin yo‘l politsiyasi idorasi o‘ngida ikki kuchli portlash yuz berishi natijasida to‘rt nafar inson yaralangan.

Yaradorlar orasida ham politsiya xodimlari, ham oddiy fuqarolar bor.

Portlashlar ortidan qurolli shaxslar bino ichkarisiga bostirib kirganlar.

Xavfsizlik kuchlari hozir ham bino ichkarisida bo‘lgan, taxminlarga ko‘ra, ikki jangarini zararsizlantirishga urinmoqda.

Afg‘oniston ommaviy axborot vositalari hujumni Tolibon harakati o‘z zimmasiga olgani haqidagi esemeslarni olganlar.

Politsiya ma‘lumotiga ko‘ra, hujumdan oldin kamida bir nafar jangari bino tashqarisida o‘zini portlatib yuborgan.

Bundan tashqari, bino devori yaqinida turgan avtomobil portlatilgan. Hujumchilardan yana bir nafari politsiya xodimlari tomonidan otib tashlangan.

Tolibon jangchilari oxirgi paytlarda Kobuldagi hukumat binolariga qator o‘xshash hujumlarni uyushtirdilar.

O‘tgan hafta toliblar Kobul markazidagi milliy xavfsizlik binosiga hamla qilishi natijasida to‘rt xavfsizlik xodimi halok bo‘lgandi.

Qamal

Kobuldan BBC muxbiri Bilol Sarvariyning xabar berishicha, yo‘l politsiyasiga qarashli ulkan binoda yashirinib olgan ikki jangari og‘ir aslahalar bilan qurollangan.

Ular vaqti-vaqti bilan binoning uchinchi qavatidan qo‘l granatalarini uloqtirmoqda.

Muxbirimiz so‘zlariga ko‘ra, yo‘l politsiyasi idorasining parlament doxil ko‘plab muhim binolar yaqinida joylashgani hujumning yirik va davomli amaliyot ibtidosi bo‘lishi mumkinligiga ishora qiladi.

Ushbu hodisa tufali Kobul markazidagi qator hududlarda avtomobil qatnovi to‘xtab qolgan.

Kobul shahri chorrahalarida avtomobil harakatini chiroqlar emas, politsiyachilar nazorat etishadi.

Tolibon jangchilari Afg‘onistonning turli nuqtalarida tez-tez qurolli xurujlar qilib turgani aholining hukumat kuchlariga bo‘lgan ishonchini kamaytirgan.

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.