BBC navigation

21 yanvarda Afg‘onistonda ro‘y bergan yangiliklari

Сўнгги янгиланиш 21 январ 2013 - 16:34 GMT

*Poytaxt Kobuldagi yo‘l harakati politsiyasi qarorgohiga qarshi uyushtirilgan sakkiz soatlik hujum nihoyasiga yetgan. Politsiya rahbarining BBCga aytishicha, besh jangari va uch nafar politsiya xodimi qurbon bo‘lgan. Jangarilar binoga bostirib kirishdan avval xudkush hujumchi o‘zini portlatgan va yana bir avtomashinada bomba portlatilgan. Afg‘on politsiyasiga ko‘ra, jangarilar o‘zlari bilan oziq-ovqatlar keltirishgan va aftidan, ular uzoq cho‘ziladigan amaliyotga bel bog‘lagan bo‘lishgan. Toliblar hujum mas‘uliyatini zimmasiga olib chiqqan. Toliblarga ko‘ra, ular binoda ishlagan xorijlik mutaxassislarni nishonga olishgan. Bu bir hafta ichida Kobulda ro‘y berayotgan ikkinchi hujumdir.

*Qunduz viloyatida afg‘on qo‘shinlari va NATO tomonidan amalga oshirilgan havo hujumlarida 4 inson halok bo‘lgan. Politsiyaga ko‘ra, havodan uyushtirilgan ushbu amaliyotlardan biri uchuvchisiz uchoq orqali yo‘lga qo‘yilgan. NATO o‘zining havo hujumlari isyonkorlarga qaratilganini aytadi. Ammo, hujumlar chog‘i oddiy aholi orasidan berilayotgan talofatlar doim noroziliklarni uyg‘otib keladi.

*NATO-AQSh hibsxonalaridagi mahbuslar Afg‘oniston hukumati nazoratidagi qamoqxonalarga o‘tkazish to‘xtatilgan. NATO o‘z qarorini Birlashgan Millatlar Tashkilotining afg‘on qamoqxonalaridagi vaziyatga oid yangi hisoboti ortidan olgan. Hisobotda milliy armiya, mahalliy politsiya va josuslik xizmatlariga tegishli hibsxonalarning barchasida qiynoqlar keng tarqalgani aytilgan. Afg‘oniston hukumatiga ko‘ra esa, mazkur da‘volar bo‘rttirilgandir.

*Afg‘oniston moliya vaziri maslahatchisi, nogironlar aravachasida harakatlanadigan mulozim bugun xususiy TV kanalni o‘zini haqorat va masxara qilgani uchun mahkamaga tortishini aytgan. Televizion kanalida ko‘rsatilgan shouda, bu maslahatchi "aqalli hojatxonaga o‘zi borolmasa, qanday qilib vazirga maslahat beradi" qabilida masxaralangan. Maslahatchi Afg‘oniston bosh qoralovchisi, vazirlik va axborot hamda madaniyat vazirligiga murojaat qilib, ayni masalada uni qo‘llab quvvatlashlarini so‘ragan. Afg‘onistonda millionlab nogironlar bor, ammo ularning idoralaru vazirliklarda yuqoriroq lavozimlarda ishlashlari kamdan-kam uchraydigan voqea. Shahardagi hukumat va yo shaxsiy binolarda nogironlar uchun moslashtirilgan yo‘laklar va yo boshqa qulayliklar deyarli yo‘q.

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.