BBC navigation

Siyosatchining chaqqonligi uning hayotini saqlab qoldi

Сўнгги янгиланиш 21 январ 2013 - 13:07 GMT

Сиёсатчининг чаққонлиги унинг ҳаётини сақлаб қолди

Булғористондаги Турклар партияси қурултойида партия раҳбари Аҳмад Доганга газ тўппончаси билан ҳужум қилинди.

Томоша қилишmp4

Муқобил медиа плейерда ўйналсинми

Bulg‘oristondagi Turklar partiyasi qurultoyida partiya rahbari Ahmad Doganga gaz to‘pponchasi bilan hujum qilindi.

Sofiya shahrida o‘tkazilayotgan "Huquq va erkinliklar harakati" partiyasi anjumanida Ahmad Dogan ma‘ruza qilish uchun minbarga chiqdi.

To‘satdan sahnada yosh yigit paydo bo‘lib, u partiya yetakchisi boshiga to‘pponchasini to‘g‘irladi.

Biroq partiyani qariyb chorak asrdan buyon boshqarib kelayotgan janob Dogan o‘zini yo‘qotib qo‘ygani yo‘q.

U hujumchi qo‘lidagi to‘pponchani urib tushirishga muvaffaq bo‘ldi.

Siyosatchi va hujumchi o‘rtasida bir necha soniya mushtlashuv yuz berdi, bu soniyalar esa Ahmad Dogan qo‘riqchilarining yetib kelishlari uchun yetarli bo‘ldi.

Shundan keyin partiya anjumani ishtirokchilari ham hujumchiga tashlandilar, u kaltaklar va tepkilardan jarohat oldi.

To‘pponchaning gaz to‘pponcha ekani ma‘lum bo‘ldi.

Bulg‘oriston matbuoti xabar qilishicha, hujumchining millati ham turk bo‘lgan.

Uning 25 yoshli Oktay Enimexmedov ekani va bundan oldin bezorilik va talonchilikda ayblanib qamalgani aniq bo‘lgan.

"Huquq va erkinliklar harakati" partiyasi Bulg‘oristondagi turklar manfaatini ifoda etadigan partiya hisoblanadi.

Bulg‘oriston parlamentidagi 240 o‘rindan qariyb 40 tasi "Huquq va erkinliklar harakati"ga tegishli.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.