BBC navigation

Qozog‘iston: harbiy uchoq halokatiga texnik nosozlik sabab bo‘lgan

Сўнгги янгиланиш 22 январ 2013 - 14:49 GMT

Tergovchilarga ko‘ra, noqulay ob-havo ham uchoq boshqaruvini qiyinlashtirgan

27 kishining o‘limiga olib kelgan AN-72 harbiy uchog‘i halokati sabablari ma‘lum bo‘lgan.

Qariyb bir oy o‘rganishlar ortidan uchoqning avtopiloti ishdan chiqqan degan xulasaga kelingan.

Bundan tashqari, uchoqning boshqa uskunalarida ham nosozlik aniqlangan.

Tekshiruv xulosasiga ko‘ra, o‘sha kungi noqulay ob-havo ham uchoqni boshqarishda qiyinchiliklar tug‘dirgan.

"Qo‘l boshqaruvi"

"Komandir uchishni qo‘l boshqaruvi yordamida davom ettirgan, bu An-72 ning yozgi boshqaruvi ko‘rsatmasiga zid emas. Uchoq komandiri boshqaruvni o‘zining yordamchisiga topshiradi. Bu yo‘lovchilarni tashiyotganda man qilingan", - degan Bosh prokuratura rasmiy vakili Nurdaulet Suindiqov.

Bosh prokuratura tarqatgan xabarga ko‘ra, uchoq havoga ko‘tarilganidan 2 soatu 49 daqiqa o‘tgach, balandlikni o‘lchovchi radio uskuna ishdan chiqqan.

Uchish balandlikni o‘lchovchi barometrik uskunalarning ko‘rsatmasiga binoan davom ettirilgan.

Uchishdan oldin o‘tkazilgan tekshiruvlar natijasida barometrik uskunalarning ham xatoliklar bilan ishlagani aniqlangan.

Uchuvchilarning suhbatidan uchoqning muzlab qolgan payti bo‘lgani ham oshkor bo‘lgan.

18:31 da uchoq qo‘na boshlaydi. Ekipajning suhbatlaridan uchoq og‘ir ob-havo sharoitida va ko‘rish cheklangan holatda qo‘na boshlagan.

Tergovda aniq bo‘lishicha, qo‘nish jarayonida uchoq komandiri dispetcherning Chimkent aeroporti barometrik balandlik o‘lchovi bosimini o‘rnatish ko‘rsatmasini bajarmagan.

Natijada balandlik o‘lchovi 385 metrgacha xato ko‘rsatgan bo‘lishi mumkin.

25 dekabr kuni soat 18:51 da Ostonadan Chimkentga uchgan AN-72 harbiy uchog‘i halokatga uchragan.

Uchoq bortida Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi Chegara xizmati rahbari polkovnik Turg‘ambek Stambekov boshchiligidagi harbiylar bo‘lgan.

Qozog‘iston matbuoti yuqori martabali harbiyning Chimkent orqali muzokaralar o‘tkazish uchun Toshkentga uchayotgani haqida yozgan.

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.
Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing. Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.