BBC navigation

Tojikiston: Narkosavdo kimning qo‘lida?

Сўнгги янгиланиш 22 январ 2013 - 16:36 GMT

Тожикистон: Наркосавдо кимнинг қўлида?

Афғон бангивор моддалар ўтаётган Тожикистон қишлоқлари

Томоша қилишmp4

Муқобил медиа плейерда ўйналсинми

Xalqaro kuzatuvchilarga ko‘ra, Tojikistonda narkotijorat jips aloqalarga ega bir hovuch elitaning qo‘liga o‘tgan.

Afg‘oniston bangivor moddalarining uchdan bir qismi hozir Tojikiston orqali Rossiya va Ovro‘poga ketadi. Mamlakat rasmiylari barcha narkotojirlar qo‘lga olinishini aytishadi. Biroq tahlilchilar "yuqorida yaxshi aloqalarga ega" narkokorchalonlarga hech kim tegmasligini ta‘kidlashadi.

Afg‘onistondan NATO kuchlari chiqib ketsa, o‘rtada 1300 chaqirimlik tog‘li chegaraga ega kambag‘al mamlakat yanada ko‘proq narkotiklar oqimiga yuz tutishi mumkin. Shundoq ham afg‘on bangivor moddalarining uchdan bir qismi hozir Tojikiston hududlari orqali Rossiya va Ovro‘poga yo‘l soladi.

Rasman Tojikistonda har yili 5 tonna atrofida turli giyohvand moddalar tutib qolinadi. Xalqaro kuzatuvchilar esa ayni paytda 40 tonnaga yaqin bangivor modda bu mamlakat orqali o‘tib ketayotganini qayd etadilar.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.