BBC navigation

Musulmon harbiylaridan qay biri "Qur‘on" tilovatini qoyillatadi?

Сўнгги янгиланиш 23 январ 2013 - 10:58 GMT

General Muhammad Ali Asudiyning aytishicha, ja‘mi 65 ishtirokchi musulmon harbiylari orasida eng zo‘r qori bo‘lish uchun bellashib ko‘rishadi

Eron poytaxti Tehronda islomiy davlatlar qurolli kuchlari vakillari o‘rtasida "Qur‘oni Karim" tilovati bo‘yicha xalqaro tanlov boshlangan.

Tanlovning rasmiy ochilish marosimi dushanba kuni Tehron shimolidagi "Shodobod" majmuasida bo‘lib o‘tgan.

Unda o‘ndan ortiq musulmon mamlakatlari Qurolli kuchlari Bosh qo‘mondonlari va harbiy attashelari ishtirok etishgan.

Marosimni eronlik xalqaro miqyosda tan olingan qori Hamid Rizo Ahmadiy-Vafo "Qur‘on" suralarini tilovat etish bilan boshlab bergan.

Indoneziyalik taniqli qori Ahmad Muhojirning tilovatlari ostida esa, ochilish marosimi o‘z poyoniga yetgan.

Tanlov tashkiliy qo‘mitasiga Eron Inqilob Gvardiyasining Madaniy ishlar bo‘yicha qo‘mondoni muovini general Muhammad Ali Asudiy boshchilik qilmoqda.

Eronlik mas‘ullarga ko‘ra, ellikka yaqin musulmon davlati yuqori martabali harbiylariga taklifnoma yuborishgan.

Ammo ulardan faqat 21 nafari takliflarini qabul qilib, musulmon harbiylar orasidagi xalqaro "Qur‘on" tilovati tanlovida ishtirok etishga rozi bo‘lishgan.

Xalqaro tanlov ishtirokchilari orasida Afg‘oniston, Bangladesh, Maldiv, Gvineya, Sudan, Niger, Iordaniya hamda Bosniya va Gertsogovina harbiylari ham bor

Ayon bo‘lishicha, qolgan mamlakatlardan ayrimlari konstitutsiyalari izn bermasligi, boshqalari esa, hududlarida kechayotgan urush va qurolli nizolar bois, to‘rt kunlik tadbirda qatnasholmasliklarini bildirishgan.

Xalqaro tanlov ishtirokchilari orasida Afg‘oniston, Bangladesh, Maldiv, Gvineya, Sudan, Niger, Iordaniya hamda Bosniya va Gertsogovina harbiylari ham bor.

General Muhammad Ali Asudiyning aytishicha, ja‘mi 65 ishtirokchi musulmon harbiylari orasida eng zo‘r qori bo‘lish uchun bellashib ko‘rishadi.

Ularning qorilik mahoratiyu san‘atini Indoneziya, Misr, Malayziya, Iroq va Eronnning o‘zidan bo‘lgan 12 mutaxassisdan iborat hakamlar hay‘ati baholaydi.

Eronlik generalning aytishicha, g‘olib ertaga payshanba kuni, ya‘ni 24 yanvar kuni rasman e‘lon qilinadi.

Ayni o‘rinda shuni alohida ta‘kidlash joizki, Eron shu paytgacha bu kabi xalqaro tanlovga mezbonlik qilmagan.

Dunyoning islomiy davlatlari qurolli kuchlari harbiylari ishtirokidagi qorilar tanlovining o‘zi har yili o‘tkazib kelinadi.

O‘tgan yil yakunida yosh qorilar orasida Bahraynda bo‘lib o‘tgan tanlovda esa, dog‘istonlik 14 yoshli Bilol Abdulxoliqov qorilikda 43 ishtirokchi orasidan eng zo‘ri, deb topilgandi.

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.
Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing. Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.