BBC navigation

Ozarbayjonda zo‘ravon namoyishlar, yaralanganlar bor

Сўнгги янгиланиш 24 январ 2013 - 14:23 GMT
  • Zo‘ravon namoyishlar o‘tgan tun Ozarbayjonning shimoliy-g‘arbiy Ismoilli tumanida kelib chiqqan. Yuzlab namoyishchilar tuman hokimligi binosini o‘rab olib, hokim Nizomiy Alekperov iste‘fosini talab etishgan.
  • G‘azabnok namoyishchilar bitta mehmonxona va uchta mashinaga o‘t qo‘yishgan.
  • Ozarbayjon huquq-tartibot mulozimlariga ko‘ra, ham o‘z xodimlari va ham namoyishchilar orasida yaralanganlar bor.
  • Ayrim farazlarga ko‘ra, odamlarning noroziliklariga mehmonxonalardan birining "fahsh uyasi"ga aylanib ketgani sabab bo‘lgan.
  • Ayrim farazlarga ko‘ra, tartibsizliklarga tuman hokimi jiyani va Ozarbayjon Mehnat vazirining o‘g‘li tushgan Hummer rusumidagi mashina bilan bog‘liq avtohalokat sabab bo‘lgan.
  • Ayrim xabarlarga ko‘ra, avtohalokat ortidan, tuman hokimining jiyani mahalliy aholini haqorat qilgan. Bundan g‘azabga kelgan yoshlar mehmonxonaga hujum qilib, Hummer va ikkita Chevrolet rusumidagi mashinani yoqib yuborishgan.
  • Zo‘ravon namoyishlar yarim tunga qadar davom etgan. Ismolli shahrida qo‘shimcha xavfsizlik kuchlari tashlangan.
  • Mahalliy internet nashrlarining yozishicha, mehmonxona Alekperovlar oilasiga tegishli bo‘lgan. Tuman militsiya idorasining bildirishicha esa, ushbu mojaroga vazir o‘g‘lining hech bir aloqasi yo‘q.
  • Mas‘ullarga ko‘ra, hodisa yuz bergan paytda Hummer rusumidagi mashinani mehmonxona ma‘muri Emil Shohmardonov boshqarayotgan bo‘lgan va u hozir hibsga olingan.
  • Mahalliy axborot-vositalariga ko‘ra, namoyishchilar tuman hokimi Nizomiy Alekperovning uyi oldida ham to‘planishgan, unga tutash qurilgan inshootga o‘t qo‘yishgan va hovlini toshbo‘ron ham qilishgan.
  • Faollar zo‘ravon namoyishlar ortidan namoyishchilarga qarshi qatag‘onlar boshlanishidan xavotirdalar.

Videos and Photos

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.