BBC navigation

Ispaniya ro‘znomasi Chavesning soxta suratini bosgani uchun uzr so‘radi

Сўнгги янгиланиш 24 январ 2013 - 15:13 GMT

Ispaniyaning kundalik El Pais ro‘znomasi 400 ming nusxada chop etiladi.

Ispaniyaning El Pais ro‘znomasi o‘zining o‘quvchilaridan Venesuela Prezidenti Ugo Chavesning soxta suratini chop etganligi uchun uzr so‘rab, suratni veb- saytidan olib tashlagan.

Fotosuratda kasalxona krovatida Chavesga o‘xshagan kishi og‘zida havo yuboradigan trubka bilan yotgani aks etgan.

Surat ro‘znomaning birinchi sahifasida "Chavesning sirli kasalligi" sarlavhasi bilan chop etiladi.

Venesuela hukumati bu suratni soxta va "bema‘ni" deb atagan.

Ugo Chaves omma oldida o‘tgan yilning dekabr oyida Kubaga saraton xastaligidan davolanish uchun borganidan buyon ko‘rinish bermagan.

Bi-bi-sining Madriddagi muxbiriga ko‘ra, fotosuratdagi odam aks etgani aniq bo‘lgach, El Pais ro‘znomasi o‘z saytidan suratni olib tashlagan va ro‘znomaning sotuvga chiqarilgan yangi nomerlarini yig‘ib olgan.

Muharririyat murojaatida aytilishicha, surat axborot agentligi tomonidan taqdim etilgan, biroq ro‘znoma tomonidan surat qachon, qayerda va kim tomonidan tushirilgani aniqlanmagan.

Ro‘znoma rahbariyati ta‘kidlashicha, fotosurat internet saytda yarim soatcha turgan. Ayni paytda tahririyat bu xatolik bo‘yicha tekshirish o‘tkazayotganini aytgan.

Venesuela hukumatidan bildirishlaricha, surat YouTube saytida to‘rt yil oldin joylashtirilgan noma‘lum erkakning tomog‘ida o‘tkazilgan jarrohlik amaliyoti aks etgan videolavhadan olingan.

Ugo Chaves kasalligi Venesuelada qizg‘in siyosiy debatlarga sabab bo‘lgan. Muxolifat davlat rahbarining shu qadar uzoq vaqt vazifasini bajarmayotgani holatini qattiq tanqid qilgan.

O‘tgan yilning oktyabr oyida Chaves uchinchi marta prezidentlikkka saylangan. Biroq uning 10 yanvarga belgilangan innaguratsiyasi Chavesning sog‘ligi tufayli noma‘lum muddatga qoldirilgan.

Venesuela Oliy mahkamasi bunday vaziyat qonunga qanchalik to‘g‘ri kelishini hal qilishiga sabab bo‘lgan.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.