BBC navigation

Jizzaxda erkin iqtisodiy hudud barpo qilinadi

Сўнгги янгиланиш 24 январ 2013 - 13:34 GMT

2013 yil mart oyining oxirida Jizzaxda soliq va boj ustamalari tushirilgan maxsus iqtisodiy zona tuziladi, deb xabar beradi O‘zbekistondagi mahalliy axborot vositalari.

Xitoy shirkatlari moliyalashtirishni rejalashtirgan O‘zbekistondagi uchinchi iqtisodiy zonani Jizzax viloyati hududida tashkil qilish haqidagi qaror Prezident Islom Karimov qatnashgan O‘zbekiston Vazirlar mahkamasining 2013 yil 18 yanvardagi majlisida aytilgan.

Qo‘shma loyiha uchun Xitoy Taraqqiyot banki tomonidan 50 million mablag‘ ajratilishi ko‘zda tutiladi.

Qarorga ko‘ra, 2013 yilning birinchi yarmida iqtisodiy zonani tashkil qilish bilan bog‘liq barcha tashkiliy masalalar tugallanishi kerak.

Erkin iqtisodiy zona tashkil qilishdan asosiy maqsad Jizzax viloyati va u bilan qo‘shni hududlardagi ishlab chiqarish va eksport potentsialini rivojlantirish, shuningdek zahiradan samarali foydalanish uchun investitsiya va yetakchi texnikalarni jalb qilish ekani aytiladi.

Bu ishga mas‘uliyat Bosh vazir o‘rinbosari Rustam Azimovga topshirilgan, shuningdek, Tashqi iqtisodiy aloqalar va Iqtisod vazirligi hamda Jizzax viloyati hokimiyati hamkorligi lozimligi ko‘rsatilgan.

Ayni paytda O‘zbekiston ikki iqtisodiy zonaga ega. Bular 2008 yilda tashkil qilingan Navoiy erkin sanoan-iqtisod zonasi va 2012 yil tuzilgan Toshkent viloyatidagi Angren maxsus ishlab chiqarish zonalaridir.

Erkin iqtisodiy zona, ular qanchalik samarali hisoblanadi?

Islom Karimov o‘z dokladida Navoiy va Angrendagi iqtisodiy zonalar haqida to‘xtalib, jumladan Navoiydagi zonada 12 ta korxona ishlayotganini aytgan. Prezident Karimov u korxonalar 2012 yilda 80 milliard so‘mlik mahsulotlar, jumladan akkumulyator o‘tkazmalari, avtomashina ballonlari, telefonlar va modemlar uchun o‘tkazmalar ishlab chiqardi, deydi. Bu taxminan 2 million 200 ming dollarga tengdir.

Tahlilchi Alisher Taksanovga ko‘ra, bu mamlakat ichkarisida biznesni rivojlantirish uchun yaxshi sharoit yaratilganini anglatmaydi.

MTS va boshqa shirkatlar bilan bog‘liq mojarolar hisobga olinsa, bunday iqtisodiy zonalarni mamlakat ichida barpo qilinishi nimaga kerak? Ular nimaga xizmat qiladi?

Alisher Taksanov: Erkin iqtisodiy zonalar faqat depressiv ahvolga tushgan hududlarda tashkil qilinadi. Ya‘ni tabiiy iqtisod deyarli mavjud bo‘lmagan joyda. Bunday zonalar 50-100 yillar uchun emas, balki qisqa muddatlarda iqtisodni ko‘tarishga mo‘ljallanadi. Va iqtisodni ko‘tarish uchun maxsus sharoitlar yaratiladi. Jumladan juda oz soliq miqdori va mahsulotlarning aylanishi uchun keng maydon, ishchi kuchi va boshqalar deganidir. Albatta bunday sharoilar mintaqaning boshqa joylaridagidan farq qiladi.Bu kapital va xorij investitsiyasini jalb qilish va mintaqa uchun sezilarli foyda olish uchun qilinadi.Misol uchun O‘zbekistonda Qoraqalpog‘iston, Xorazmning ko‘p joylari depressiv zonalar hisoblanadi. Bizda esa qizig‘i erkin iqtisodiy zonalar eng rivojlangan joylarda barpo etiladi. Masalan Navoiydagi mahsulot ishlab chiqarish respublikada eng yuqori, hatto Toshkentdan baland deyish mumkin.Shunday ekan u yerda nimaga erkin iqtisodiy zona qurish kerak? Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, mahsulotlarni butunlay boshqa maqsadlarda ishlatish, ya‘ni mahsulotlarni legallashtirish va xorijga juda past tarif bahosida, arzon eksport poshlinnasi bilan chiqarish yoki umuman eksport poshlinnasiz olib chiqish ko‘zda tutiladi. Boshqa so‘z bilan aytganda erkin iqtisodiy zona "qora yoriq" sifatida, undan hech bir to‘siqsiz mahsulotlarni xorijga olib chiqarishdir, masalan oltin, uran va boshqalar. Ya‘ni bular shunday mahsulotlarki, chetga hech bir muammosiz sotish mumkin. Bundan o‘sha mintaqaga qancha foyda tegadi. juda kam, misol uchun 90 tonna oltin chiqaradigan Navoiy uchun arzimagan miqdorda bo‘ladi. Bunday iqtisodiy zonalar aholiga xizmat qilish, infratizimni yaxshilash, ishchi o‘rinlarini ko‘paytirishdan ko‘ra, mahsulotlarni tashqariga olib chiqishga ko‘proq e‘tibor qaratilgan bo‘ladi.

BBC: Tahlilchilarning fikrlariga ko‘ra, bunday iqtisodiy zonalarning ishlashi shaffof emas. Ularning bunday hisoblashlariga qanday asos bor?

Alisher Taksanov: Bunday iqtisodiy zonaga talab mintaqaning talabidan kelib chiqadi. Ular ko‘rsatishi kerak nimaga ehtiyoj bor, nima ishlab chiqarilishi kerak va hokazo. Lekin prezidentning dokladida aytiladiki, tashqi iqtisodiy aloqalar taklif qildi, deb. Bu yerda tashqi iqtisodiy aloqalarning nima aloqasi bor? 20 yil davomida Men O‘zbekistonda O‘zbekturizmda ishlaganimda bir necha bor Samarqand, Xiva, Buxoroda turist potentsialini ko‘tarish uchun iqtisodiy zona ochilishiga harakat qildik. Lekin bizning loyihalarimiz to‘xtab qoldi, yoki rad qilindi. So‘ngra birdaniga Navoiyda iqtisodiy zona ochilishiga qaror qilindi. Loyiha kerak deyildi. Oldin iqtisodiy zona ochilyapti, so‘ngra unga loyiha so‘ralyapti.Bundan kelib chiqadiki, resurslarni olib chiqish rejasi tuziladi keyin buni yashirish uchun jon holatda loyiha tuziishga tushiladi. Shu orqali bunday iqtisodiy zonalar nima bilan shug‘ullanayotgani yashiriladi.

BBC: Prezidentning dokladida Navoiydagi iqtisodiy zonada 12 korxona 80 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqargani aytiladi. Bu raqam bu kabi iqtisodiy zona uchun ko‘pmi yoki kammi?

Alisher Taksanov: Bu kulgili. 12 ta korxona uchun bu raqamni hech bir munosib, deb bo‘lmaydi. Agar 80 milliard so‘mni dollarga aylantirilsa, arzimagan pul hisoblanadi. Bunday foydani mintaqaning erkin iqtisod zonasi bo‘lmagan joyida ham qilish mumkin. Yana bu mahsulotlar ichki bozor uchun qilinadi. Agar eksportga chiqariladigan bo‘lsa, aholi o‘zining mahsulotlarini olmaydi degani. Agar eksportga bo‘lsa, u pullar qayerga ketyapti. Bu ham masalaning qiziq tomoni.

----------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.
Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing. Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.