BBC navigation

So‘xlik kuyov to‘y xarajatlariga kuyib qoldi

Сўнгги янгиланиш 28 январ 2013 - 13:43 GMT

Сўхлик куёв тўй харажатларига куйиб қолди

Ўзбекистоннинг Сўх тумани ҳамон қамал остида қолмоқда. Сўхдан келаётган хабарларга кўра, кеча Қувасой тумани орқали юборилган ёрдам ҳудудга етиб борган. Сўхдаги манбалар минтақага етказилган бензин биринчи навбатда ўт учириш хизмати ва тиббий ёрдамга

Тинглашmp3

Муқобил медиа плейерда ўйналсинми

Sunnatillo Qodirov to‘yini belgilab, Rishton bozoriga xarid qilish uchun kelgan

O‘zbekistonning So‘x tumani hamon qamal ostida qolmoqda.

So‘xdan kelayotgan xabarlarga ko‘ra, kecha Quvasoy tumani orqali yuborilgan yordam hududga yetib borgan.

So‘xdagi manbalar mintaqaga yetkazilgan benzin birinchi navbatda o‘t uchirish xizmati va tibbiy yordamga berilganini aytishmokda.

Ularga ko‘ra, So‘xda bemorlar soni ortgan va narx-navolar oshishda davom etmoqda.

Ayni paytda chegara ochilishini kutib turgan minglab so‘xliklar Fargona viloyatining Rishton tumanida qolib ketishmokda.

Ular orasida to‘yni belgilab, Rishton bozoriga xarid qilish uchun kelganlar ham bor.

Ulardan biri Sunnatillo Qodirov chegaradagi zo‘ravonliklar boshlangan beshinchi yanvar kuni qirg‘iz olomonining hujumidan qochgani va to‘y xarajatlariga kuyib qolgani haqida Bi-bi-siga gapirib berdi.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.