BBC navigation

Moskva: o‘zbekistonlik farrosh 5 yillik qamoq jazosiga yuz tutmoqda

Сўнгги янгиланиш 30 январ 2013 - 18:05 GMT

Bahrom Xurramovning ishi Rossiya jamoatchiligi orasida qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘lgan

Moskva shahar mahkamasi 12 yashar bolaga tan jarohati yetkazishda ayblanayotgan o‘zbekistonlik mehnat muhojirini hibsda qoldirgan.

Shuningdek, prokuratura Bahrom Xurramovga nisbatan ayblovni kuchaytirgan.

ITAR-TASS xabar agentligiga ko‘ra, Xurramov endilikda Rossiya jinoyat kodeksining 3 yilgacha qamoq jazosini nazarda tutuvchi 112 bandi 1-qismi bilan emas, balki 2-qismi bilan ayblanmoqda.

Aybdor deb topilgani taqdirda u 5 yilgacha qamoq jazosiga mahkum etilishi mumkin.

Moskvaning Zyuzino tuman mahkamasi chorshanba kuni Rossiyadagi o‘zbek diasporasining Xurramovni garov evaziga ozod qilish haqidagi murojaatini rad etgan.

Avvalroq Moskvadagi O‘zbekiston elchixonasi Xurramovni ozod etish uchun garov puli taklif qilgani haqida xabarlar olingan, ammo elchixonaning o‘zi keyinroq bu xabarlarni rad etgan edi.

Xurramov 6 fevralgacha hibsda qolishi bildirilgan.

Chorshanba kuni o‘tgan mahkamada u o‘zining aybsiz ekanini ta‘kidlagan.

"Mehnatsevar o‘zbek"

Moskvalik Artyom Xoteyev ismli 6 -sinf o‘quvchisining jag‘ini sindirishda ayblanayotgan Bahrom Xurramovning ishi Rossiya jamoatchiligi orasida qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘lgan.

Yanvar oyi boshida sodir bo‘lgan hodisada Xurramov moskvalik bolakayga belkurak dastasini otib, uning jag‘ini sindirgani aytilgan.

Xoteyev politsiyaga maktab hududida bolalar bilan qorbo‘ron o‘ynayotgan mahal qor tasodifan farroshga borib tekkani, farrosh esa ularni quvlab, belkurakni sindirgani va dastasini o‘zi tomonga otgani haqida ko‘rsatma bergan.

Ammo internetda Xoteyev ishtirokida bir o‘smirni do‘pposlash sahnasi aks etgan video tasvirlar paydo bo‘lishi ortidan politsiya Xoteyevni qaytadan so‘roq qilgan.

U videodagi 16 yashar o‘smirni do‘pposlagani tan olgan, ammo ayb uning o‘zida ekanini da‘vo qilgan.

Politsiya Xoteyev markaziy osiyolik mehnat muhojirlariga hujumlar uchun mas‘ul bo‘lishi mumkinligini aytgan.

Rossiya matbuoti xabarlariga ko‘ra, Artem Xoteyev va uning sheriklari doimiy ravishda kommunal xizmatlar xodimlarini tahqirlab kelganlar.

Hodisa ro‘y bergan maktab yaqinida istiqomat qiluvchi moskvaliklar Bahrom Xurramovning himoyasiga otlanishgan.

Ular Xurramovning "yaxshi xulqli, mehnatsevar" inson ekanini aytishgan.

O‘zbekistonlik farroshni birinchi bo‘lib himoya qilgan Moskva shahar politsiyasining informatsion portali muxbiri pervoy v zashchitu migranta vystupila korrespondent vedomstvennogo informatsionnogo portala GUVD Moskvy "Petrovka-38"

Bahrom Xurramovning Rossiyada noqonuniy yashab yurgani, uning ishlash ruxsatnomasi yo‘qligi aytilgan.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.