BBC navigation

O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi o‘z saytiga hujum bo‘lganini rad etdi

Сўнгги янгиланиш 31 январ 2013 - 15:35 GMT

Ўзбекистон миллий телерадиокомпанияси ўз сайтига ҳужум бўлганини рад этди

Чоршанба куни давлат телевидениесининг расмий веб саҳифаси - mtrk.uz га ҳакерлик ҳужуми бўлгани ҳақида хабарлар олинган.Сайт бир муддат очилмай қолган.

Тинглашmp3

Муқобил медиа плейерда ўйналсинми

O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi o‘z saytiga hujum bo‘lganini rad etmoqda.

Televideniye mulozimi BBCga texnik muammolar bo‘lishi mumkinligi, ammo sayt yaxshi himoyalanganini aytdi.

Chorshanba kuni Davlat televideniyesining rasmiy web sahifasi - mtrk.uz ga hakerlik hujumi bo‘lgani haqida xabarlar olingan.

Sayt bir muddat ochilmay qolgan.

"CLONE SECURITY o‘zbek hakerlar guruhi" ekanini aytgan guruh o‘z ta‘biricha, "xalqqa yolg‘on axborot tarqatgani uchun" davlat televideniyesi saytini nishonga olganini aytgan.

O‘tgan hafta muxolifatdagi O‘zbekiston Xalq Harakati o‘z websayti hakerlik hujumiga uchraganini aytgan va hujum ortida O‘zbekiston hukumati turganini da‘vo qilgan edi.

Shvetsiyadan jurnalist Qudrat Bobojonning aytishicha, O‘zbekiston hukumati va unga muxolifatda bo‘lgan guruhlar o‘rtasida axborot urushi ketmoqda va bu kabi hakerlik hujumlarining kuchayishini kutish mumkin.

----------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.