BBC navigation

Mustaqil tekshiruv: "Teliasoneraning pul yuvish va pora berish amalini isbotlash imkonsiz"

Сўнгги янгиланиш 1 феврал 2013 - 13:17 GMT

Mannheimer Swartling tomonidan o‘tkazilgan mustaqil tekshiruv xulosalariga ko‘ra, Teliasonera pora berganligi yoda noqonunuiy pullarni yuvishda ishtirok etganligi dalillarini topmagan, lekin shirkatning O‘zbekistonlik hamkorlar bilan ish yurtish yo‘llarini qattiq tanqid ostiga olgan.

O‘tgan yili Shved matbuotida Teliasoneraning Gibraltarda qayd qilingan Takilant shirkatiga O‘zbekistonda ish yuritish litsenziyasi uchun to‘lagan millionlab dollar pullari pora bilan barobar, degan da‘volar yangrashi ortidan Teliasonera ushbu mustaqil tekshiruv o‘tkazishga buyruq bergandi.

Ayni paytda, Shvetsiyaning Teliasonera mobil telefon shirkatining O‘Zbekistondagi biznesi yuzasidan o‘tkazilgan mustaqil tekshiruv natijalari e‘lon qilinishi ortidan shirkatning Bosh Ijrochi Direktori Lars Nayberg iste‘foga chiqqanligini ma‘lum qildi.

Tekshiruvga bosh qoshlik qilgan prokuror Byorn Riyesga ko‘ra, Teliasonera bilan O‘zbekistonlik mahalliy hamkor shirkat o‘rtasidagi to‘lovlar atrofida shu qadar ko‘p e‘tiborga loyiq jihatlar bor ediki, kimdir albatta bunga nazar tashlashi lozim edi.

Janob Riyesning aytishicha, "agarda birov korruptsiyalashgan mamlakatda ish yuritishga bel bog‘lasa Teliasoneradan ko‘ra ko‘proq va sinchikovroq yondoshuvga ega bo‘lishi kerak".

Tekshiruvchiga ko‘ra, mahalliy shart-sharoitlarni o‘rganishga ko‘p harakat qilinmagan va Teliasoneraga litsenziyani sotgan shirkat unga qanday ega bo‘lganligi ham Teliasoneraga noma‘lum bo‘lgan.

"Agarda hamkoring kim ekanligini yaxshi bilmasang va u mablag‘larni qanday qo‘lga kirtiganligidan xabardor bo‘lmasang qaysidir muddatda korruptsiya ro‘y bermaganligiga ishonch hosil qilish qiyin", degan janob Riyes.

Tekshiruv shuningdek Teliasonera va O‘zbekiston prezidentining qiz Gulnora Karimova o‘rtasidagi aloqalarni yaqindan o‘rgangan.

"Dastlab Fintur nomli shirkat orqali O‘zbekistondagi loyiha yuritilgan vaqti, Gulnora Karimovaning sarmoya guruhi bilan mahalliy hamkor sifatida kelishuvga erishishga harakat qilingan. Bu borada ma‘lumot shirkat ichida ma‘lumot alishilarda , shuningdek, qator imeyllarda qayd qilingan" deyiladi tekshiruv xulosasida.

Lekin hozirda tekshiruv tomoni qo‘lida bo‘lgan ma‘lumotlar asosida pora berish yoda noqonuniy pullarni yuvish amali yuz berganligini aniqlash imkonsiz bo‘lgan.

"Lekin mahalliy hamkor va Takilant hissadorlari kim ekanligi, mobil telefon xizmati to‘lqinlari va raqamlariga ega bo‘lish atrofida mufassal ma‘lumotning yo‘qligi, matbuotda va Shvetsiya Prokuraturasi tomonidan ilgari surilgan jinoyat sodir etilgan yoki etilmaganligi borasidagi shubhalarni chetga qoqmaydi", deya xulosa qilgan tekshiruvchi.

Bu kabi ma‘lumotlarning yetarli bo‘lmaganligi uchun kim tanqid ostiga olinishi kerak degan masalaga kelsak, janob Riyes qator shaxs va amallarni tilga olgan.

1. Mahalliy hamkor, Takilant shirkati egalari, mobil xizmat to‘lqinlari va raqamlarini olish borasida mufassal aniq ma‘lumotning yo‘qligi uchun - Teliasonera loyihasi boshqaruvchilari.

2. O‘zbekistondagi loyiha borasida boshqaruvchilar taqdim qilgan ma‘lumotlarga sinchikovlik bilan yondoshmagani uchun - Bosh Ijrochi direktor.

3. 2007 yildan beri amalga oshirilgan to‘lovlar atrofida noaniqliklar ko‘p bo‘lgariga qaramay o‘sha vaqtdan beri yetarli e‘tibor berilmagani uchun - Bosh Ijrochi direktor.

4. O‘zbekistonda biznes boshlash uchun 2007 yilda dastlab mahalliy hamkor va keyinchalik 2010 yil yanvar oyida Takilantddan hissalarni qayta sotib olishda qo‘llangan yo‘riq tufayli - Teliasonera Boshqaruv Kengashi. tekshiruv tomonidan tanqid etilgan.

----------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.