BBC navigation

So‘xliklar Vodil orqali o‘z anklaviga o‘tkazilganlar

Сўнгги янгиланиш 1 феврал 2013 - 16:24 GMT

O‘zbek-Qirg‘iz rasmiylarining uchrashuvidan keyin O‘zbekiston hududida qariyb bir oydan buyon qolayotgan So‘x anklavi yashovchilari Vodil chegara postiga yig‘ilganlar, ularni karvon sifatida istiqomat qiladigan joylariga olib o‘tish boshlangan.

So‘xliklarning aksari Farg‘ona viloyatining Rishton tumanida yig‘ilgan edilar.

Rishton chegarasidan So‘x anklaviga yetib borish uchun Qirg‘iziston hududidan 40 kilometrcha masofani bosib o‘tish talab qilinadi.

O‘zbekistonning Farg‘ona tumani va Qirg‘izistonning Qadamjoy tumani chegarasidagi Vodil postidan So‘xgacha bo‘lgan masofa 100 kilometrchani tashkil etadi.

1 fevral kuni so‘xliklarga Vodil chegara nuqtasida yig‘ilishlari lozimligi aytilgan.

Kechki soat 7 larda kolonna tashkil qilinib, o‘zbekistonliklar o‘z anklaviga olib ketilganlar.

Farg‘onalik jurnalist Muhammadjon Obidov xabar qilishicha, shu kuni So‘x tumanining Sharqobod qishlog‘i va Botken tumanining Bo‘zadir qishlog‘i o‘rtasidagi chegarada O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegara xizmatlari mas‘ullari, Farg‘ona va Botken viloyatlari, So‘x va Botken tumanlari hokimlari hamda har ikki tomondan 25 nafardan oqsoqol uchrashishgan.

Ikki tomon yarashishga kelishganlari, so‘ng ikki davlat fuqarolari bir-birlari bilan quchoqlashib keyin mehmondorchilik dasturxoniga o‘tirganlari xabar qilingan.

2 fevral kuni So‘xda O‘zbekiston va Qirg‘iziston hukumat rahbarlari ishtirokidagi muzokaralar bo‘lib o‘tishi rejalanayotgani xabar qilinmoqda.

Shu yil 6 yanvar kuni Qirg‘iziston chegarachilari So‘x anklavi hududida simyog‘och o‘rnatishga harakat qilgan vaqtlari mahalliy aholi norozilik bildirgan.

Bunga javoban qirg‘iz chegarachilari o‘q otganlar, besh nafar O‘zbekiston fuqarosi jarohatlangan.

Bundan g‘azabga kelgan So‘x tumanining Hushyor qishlog‘i yashovchilari Qirg‘iziston hududidiga o‘tib, bir necha avtomobilga o‘t qo‘ygan va 10 dan ortiq qirg‘iz fuqarosini garovga olgan.

Garovga olingan Qirg‘iziston fuqarolari keyinchalik ozod etilgan.

Hodisalar ortidan Qirg‘iziston So‘x anklaviga olib boruvchi yo‘lda joylashgan chegara-o‘tish nuqtalarini berkitgandi.

Keyinchalik O‘zbekiston ham qator chegara o‘tish nuqtalarida Qirg‘iziston fuqarolari uchun harakatni chekladi.

Hodisalar ortidan chegaralar yopiq qolar ekan, 2 mingga yaqin so‘xlik uylariga qayta olmayotgan edilar.

----------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.