BBC navigation

Qozoq-O‘zbek chegarasida Qozog‘iston fuqarosi yaralangan

Сўнгги янгиланиш 4 феврал 2013 - 16:53 GMT

O‘zbek-Qozoq chegarasidan qarindosh-urug‘larini ko‘rish uchun odamlar ko‘p o‘tishadi.

Qozog‘iston fuqarosi O‘zbekiston bilan chegarani noqonuniy ravishda kesib o‘tayotganda jarohat olgan.

O‘zbek chegarachilari hech qayerda ishlamaydigan 27 yoshli qozog‘istonlikni o‘qotar quroldan otgan.

Qozog‘iston tomoni hodisani o‘rgana boshlagan.

Ismi sharifi aytilmayotgan 27 yoshli sariog‘ochlik turg‘un Zax kanali orqali chegarani kesib o‘tayotganda o‘zbekistonlik chegarachilar tomonidan otilgan.

"Sariog‘och tuman shifoxonasiga 1986 yilda tug‘ilgan mahalliy fuqaro keltirildi. U bel qismidan quroldan jarohat olgan. Voqea joyiga Sariog‘och ichki ishlar boshqarmasi tezkor tergov guruhi va chegara qo‘shinlari xodimlari yetib borishdi", - deydi Janubiy Qozog‘iston Ichki ishlar departamenti matbuot kotibi Saltanat Qorako‘zova.

Hech qayerda ishlamaydigan Qozog‘iston fuqarosininng nima maqsadda chegarani kesib o‘tgani noma‘lum.

Ayni damda ushbu hodisaga aloqador barcha jihatlar o‘rganilib, Qozog‘iston ichki ishlar vazirligi Janubiy Qozog‘iston mintaqasi harbiy tergov boshqarmasiga yuborilgan.

Kuzatuvchilar chegaraning Toshkent viloyati atrofidan noqonuniy kesib o‘tuvchilarning ko‘pchiligi qarindosh-urug‘larini ko‘rish uchun o‘tadigan qozog‘istonliklar bo‘lishini aytishadi.

Qozog‘istonda xorijga chiqish pasportini olmagan yoshlar chegarani aylanma yo‘llar orqali o‘tishga harakat qiladi.

O‘zbekiston tomonidan esa ishlash uchun kelayotgan mehnat muhojirlari chegarani noqonuniy kesib o‘tishga harakat qiladilar.

Ikki davlat o‘rtasida shov-shuvga sabab bo‘lgan chegarani buzib o‘tish hodisasi 2009 yili yuz bergan.

O‘shanda 27 qozog‘istonlik O‘zbekiston chegarasini noqonuniy buzib o‘tish va gaz quvurlarini o‘g‘irlashda ayblanib Nukus shahrida mahkamaga tortilgan edi.

Prokuror qonunbuzarlarga 16 yilgacha qamoq jazosini so‘ragan.

Ayblanuvchilar esa bilmagan holda chegarani buzib o‘tganligini va o‘g‘rilik qilmaganini aytishgan.

O‘zbekiston mahkamasi ularni aybdor deb topdi va har bir qonun buzuvchisini bir necha million so‘m jarimaga tortib Qozog‘istonga chiqarib yuborishga qaror chiqardi.

----------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.