BBC navigation

Taniqli Uyg‘ur professorining Xitoydan chiqishiga izn berilmagan

Сўнгги янгиланиш 4 феврал 2013 - 13:47 GMT

Uning web-saytida Xitoydagi Uyg‘urlar va boshqa milliy ozchilik vakillari duch kelayotgan muammolar ham yoritilgan.

Xitoydagi eng taniqli Uyg‘ur ziyolilaridan biri Ilhom To‘xta qizi bilan birga AQShga parvoz qiladigan uchoqqa o‘tirishidan oldin Pekin xalqaro aeroportida ushlangan, sakkiz soatli so‘roqdan keyin uyiga qaytarilgan.

Professor Ilhom To‘xtaning tashqariga chiqarilmagani mashhur xitoylik rassom Ay Veyveyning 2011 yil aeroportida ushlab qolinganini yodga soladi.

Mutaxassisligi bo‘yicha iqtisodchi Ilhom To‘xta Pekindagi Milliy Ozchiliklar Markaziy Universitetida Lars beradi.

Uighurbiz.net. deb nomlanadigan web-sahifa asoschisi bo‘lgan janob To‘xta Xitoy hukumatining uyg‘urlarga nisbatan yuritayotgan siyosatining tanqidchilaridan ham hisoblanadi.

3 fevral kuni Pekin xalqaro aeroportida ushlangani haqida Ilhom To‘xta Twitterda xabar bergan.

"Men Ilhom To‘xta AQShga borishni rejalagandim. Ular meni to‘xtatib , chiqib ketishimga qarshilik qilishayapti. Hozir aeroportdagi politsiya xonasidaman", deb yozgan u Twitterda.

Mutaxassisligi bo‘yicha iqtisodchi Ilhom To‘xta Pekindagi Milliy Ozchiliklar Markaziy Universitetida Lars beradi.

Xabar qilinishicha, Ilhom To‘xtaga AQShdagi Indiana Universitetida ish taklif qilingan bo‘lgan.

Ilhom To‘xta va uning o‘spirin qiziga AQSh vizasi berilgan, biroq qizining vizasi maqomi otasinikiga bog‘liq bo‘lgan.

Janob To‘xtaning do‘stlari va "Erkin Osiyo" radiosiga aytishicha, Xitoy rasmiylari unga qizi Amerikaga uchadigan uchoqqa o‘tirg‘izilganini aytishgan.

Xitoy rasmiylari nega Ilhom To‘xtani tashqariga chiqarmaganlari sababi aniq emas.

Ilhom To‘xta boshqa Uyg‘ur faollariga qaraganda mo‘‘tadilligi bilan ajralib turadi.

U asosan Uyg‘urlarning iqtisodiy ahvoliga e‘tibor qaratadi.

Ilhom To‘xta Xitoy hukumatining Shinjonni rivojlantirishga katta e‘tibor qaratayotgan bir paytida uyg‘urlar xitoylik xanlar singari iqtisodiy imkoniyatlarga ega bo‘lmayotgani muammolarini ko‘targan.

Uning web-saytida, shuningdek, Xitoydagi Uyg‘urlar va boshqa milliy ozchilik vakillari duch kelayotgan muammolar ham yoritilgan.

Ilhom To‘xta va uning oilasi a‘zolari bundan oldin ham ushlangan.

O‘tgan yili Pekinda Xitoy Kommunistik firqasining qurultoyi bo‘layotgan kunlari Ilhom To‘xtani Pekindan Urumchiga, keyin o‘zi tug‘ilib o‘sgan Atush shahriga olib borib qo‘yishgani xabar qilingan.

Ilhom To‘xta Uyg‘urlarning ijtimoiy muammolarini ko‘tarib chiqayotgani natijasida o‘zining oilasiga bosimlar kuchayganini aytgan.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.