BBC navigation

Moskvada o‘spirin jag‘ini sindirgan o‘zbek farroshi ozod etildi

Сўнгги янгиланиш 4 феврал 2013 - 16:06 GMT

Xurramovni ozod etish uchun Rossiyadagi o‘zbek jamoalari harakat qilgani aytiladi

Moskva shahar Zyuzinsk tuman mahkamasi yanvar oyi boshida 12 yoshli o‘spiringa tan jarohati yetkazishda ayblangan o‘zbekistonlik farrosh Bahrom Xurramovni qamoqdan ozod etgan.

Xurramovga nisbatan jinoiy ish taraflar yarashgani tufayli bekor qilingan.

Mahkama Xurramovga nisbatan jinoiy ishni to‘xtatishni so‘ragan o‘spirin onasining arizasini inobatga olgan.

Prokuror o‘zbekistonlikka nisbatan qo‘zg‘atilgan ishni to‘xtatishlariga e‘tiroz bildirgan, biroq mahkama farroshning o‘spirindan kechirim so‘ragani va yetkazgan zararni qoplaganini inobatga olgan.

Rossiyadagi o‘zbeklar diasporasi o‘spirin oilasiga 50 ming rubl (taxminan 1700 dollar) tovon puli to‘lagan.

Mahkama 9 yanvarda Bahrom Xurramovni hibsga olishga qaror qilgandi.

O‘spirinning aytishicha, u va uning do‘stlari otgan qor parchasi tasodifan farroshga tegadi va farrosh bolalar ortidan quvalay boshlaydi.

Xurramov otgan belkurak o‘spirin yuziga tegadi.

O‘spirin bosh chalg‘ishi va jag‘ sinishi tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgandi.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.